Kafedra API ID: 4
Ijtimoiy fanlar va huquq
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Yusupova Nigora
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori
Batafsil
Rashidov Firuz
Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Saidjalolov Saidafzal Saidxanbalovich
Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Mirodil Mirvaxidovich Xaydarov
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dosenti, (PhD)
Batafsil
Rashidova Shaxzoda Raimovna
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsent v.b. Falsafa fanlari falsafa doktori PhD
Batafsil
Valiyev Batir Nasirovich
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti falsafa fanlari nomzodi
BatafsilKafedra haqida ma’lumot
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar ” fakuliteti tarkibida bo‘lgan “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli Farmonidan kelib chiqqan vazifalar ijrosi yo‘lida binoan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Kengashi qaroriga muvofiq akademiya ma’muriy-boshqaruv tarkibida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.
Professor-o‘qituvchilar
Kafedrada 16 shtat birligida 22 professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda:
1. Fan doktori va DSS ilmiy darajasiga ega - 6 ta professor,
2. DSS va PHD ilmiy darajasiga ega - 5 ta dotsent va 3 dotsent v.b
3. PHD ilmiy darajasiga - 2 ta katta o‘qituvchi
4. Katta o‘qituvchi – 4 ta
5. O‘qituvchi – 2 ta
Kafedradagi ustozlar ilmiy salohiyati 73 foizni tashkil qiladi.
Asosiy shtatdagi o‘qituvchilar soni 13 ta, 9 o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida ishlamoqda.
Kafedraga biriktirilgan yo‘nalish, mutaxassislik va ixtisosliklar:
60420100 – Yurisprudensiya (islom huquqi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr;
70420121 - Islom huquqi mutaxassisligi bo‘yicha magistr;
24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari) bo‘yicha doktorantura ixtisosligi.
Ta’lim yo‘nalishining xususiyatidan kelib chiqqan holda bakalavriat bosqichida talabalarga huquqiy va islom fiqhiga oid fanlar o‘qitiladi. Bunda zamonaviy huquqiy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan, diyorimizda asrlar davomida amalda bo‘lgan huquqiy tizimlar tarixidan boxabar yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlash maqsad qilingan.
Magistratura mutaxassisligi bakalavrlik ta’lim negiziga tayangan bo‘lib, unda olingan bilimlar ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtiriladi. Islom huquqi mutaxassiligida islom fiqhi, undagi maktablar va mazhablar tarixini o‘zlashtirgan, Markaziy Osiyoda asrlar davomida rivojlangan, islomning mo‘’tadil va bag‘rikeng ta’limotini o‘zida aks ettirgan hanafiy mazhabi ta’limotini tahlil qila oladigan, bu orqali bugungi kunda tinchlik va barqarorlikka tahdid soladigan turli destruktiv oqimlarga ilmiy raddiyalar berish salohiyatiga ega magistrlarni tayyorlanadi.
Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari)” bo‘yicha tayanch doktorantlarga va mustaqil izlanuvchilarga sohadga oid dolzarb mavzulardagi ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqdalar.
Kafedra ustozlari dars beradigan fanlar:
Kafedrada quyidagi fanlardan oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga darslar o‘tiladi:
1. Falsafa
2. Din falsafasi
3. Notiqlik san’ati
4. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
5. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
6. Huquq falsafasi
7. Huquqni o‘qitish medotikasi
8. Xalqaro huquq
9. Ma’muriy huquq
10. Inson huquqlari
11. Mehnat huquqi
12. Xalqaro savdo huquqi va savdo amaliyoti
13. Oila huquqi
14. Ijtimoiy ta’minot huquqi
15. Yuridik xizmat
16. Huquqiy ko‘nikma va metadologiya
17. O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar faoliyatiga oid huquqiy meyorlar
18. Vijdon erkinligining xalqaro va milliy huquqiy asoslari
19. Islom huquqshunosligi
20. Islom huquqi
21. Islom huquqi asoslari
22. Islomdagi yo‘nalish va mazhablar
23. Hozirgi zamon islom huquqining rivojlanish tendentsiyalari
24. Fiqh
25. Klassik fiqhiy matnlar,
26. Fiqhiy manbalarni qiyosiy o‘rganish
27. Zamonaviy fiqhiy masalalar
Yurisprudensiya (islom huquqi) bo‘yicha bakalavr hamda Islom huquqi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi, Respublikadagi o‘rta-maxsus islom bilim yurtlari hamda oliy ta’lim muassasalarida xizmat qiladilar.