Akademiyada “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham loyiha doirasida taniqli ijodkorlar – Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni sohibi, professor, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Axtamqul Karimov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘z
BatafsilAkademiyada “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi
Sir emaski, jamiyatning kelajagi, davlatning istiqboli, xalqning taraqqiyotini yoshlarga berilayotgan ta’lim va tarbiya bilan baholash mumkin. Tarixan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga milliy qadriyat, muhim burch sifatida qaraganlarida katta ma’no bor. Ana shu qadriyatni saqlab qolish, kelgusi avlodlarga yetkazish bizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.Taassufki, globallashuv jarayoni yoshlar ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ba’zi nosog‘lom kuchlar ertamiz egalariga mafkuraviy va ma’naviy sohada o‘z g‘oya hamda mafkuralarini singdirishga urinmoqda. Shu bois, farzand tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lish, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik talab etiladi. Bu holatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida nafaqat ota-onaning, balki ta’lim muassasalari vakillarining ham o‘rni katta. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalarining ota-
BatafsilKiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi masalalari
Keyingi vaqtlarda axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida ko‘p turdagi kiberjinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va ular oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab qilayotir.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi masalalari” mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etishdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan axborot manipulyatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridan foydalanishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.Akademiya birinchi prorektori aho
Batafsil
Akademiyada yangi o‘quv yili boshlandi
Talabalik inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Talabalik va yoshlik cheksiz imkoniyatlar, ulkan maqsadlar sari olib boruvchi, zavq-shavqqa to‘lgan eng go‘zal pallasidir. Har bir fasl singari, har bir davrning ham o‘z fazilati va xislati bor. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar, ota-onalar, Akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.Marosim O‘zb
BatafsilYangi o‘quv yili oldidan Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Akademiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Akademiya rektori kuni kecha nishonlangan va shukuhi hamon mamlakatimizda kezib yurgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, yangi o‘quv yili oldidan barchaga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi Akademiya vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni top
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun 2026/2027-o‘quv yilini boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 2-5-sentabr kunlari seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Treninglar davomida zamonaviy ta’lim tendensiyalari, o‘quv va ilmiy jarayonlarga innovatsion yondashuvlar, ilg‘or xorijiy tajriba hamda ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Dilbar Hasanova hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Murod Saparov ishtirok etib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan chiqish qildi. Xususan, “L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo va Istanbul universitetlari tajribasi” hamda “Til o‘qitishda madaniy kontent: Koreya tajribasi” mavzularida fikr va tajribalar alma
BatafsilOʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum qadrli hamkasblar!Aziz talaba yoshlar!Mana shu munavvar va saodatli kunlarda Sizlarni Ona Vatanimiz tarixidagi ulugʻ va shonli sana – Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini taʼminlash yoʻlidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman! Mustaqillik yillarida koʻhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bagʻrikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusi yuragimizning tub-tubidan oʻrin oldi. Ortda qolgan oʻttiz besh yillik davr bizga milliy davlatchiligimiz rivoji
Batafsil
Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xalqaro maydondagi imijini oshirish, salohiyatini namoyon etish barobarida xorijlik fuqarolarning Akademiyada tahsili ham tobora ortib bormoqda. Joriy yilgi qabul komissiyasiga ham Akademiyada o‘qish uchun xorijiy fuqarolar tomonidan arizalar kelib tushdi.Shu maqsadda bugun Akademiyada bakalavr va magistratura yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi.Onlayn va oflayn formatda o‘tgan imtihon jarayonini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari adolatli va shaffof tarzda olib bordilar.Xorijlik fuqarolar Akademiyaning “Psixologiya”, “Islomshunoslik”, “Islomshunoslik” rus guruhi, “Xalqaro munosabatlar”, ‘Dinshunoslik”, “Fi
Batafsil
Akademiyada o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022/2023-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshirildi.2026/2027-oʻquv yilida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga oʻqishni koʻchirish boʻyicha jami 54 nafar talabgor roʻyxatdan oʻtib, ulardan turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish maqsadida 3 nafari “Islomshunoslik” va 4 nafari “Dinshunoslik” taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan.Mazkur yoʻnalishlarga oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talabgorlar uchun 15-avgust kuni kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish belgilangan.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-avgustdagi “2026/2027
BatafsilAkademiyada “Sport – salomatlik tayanchi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
Bugungi kunda yurtimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda.Ma’lumki, joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlarining sport bilan shug‘ullanishlarini yangi bosqichga olib chiqish belgilangan edi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida mahalla yoshlari uchun “Sport – salomatlik tayanchi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.Mazkur bellashuvlar Akademiyada an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinm
Batafsil
Xolmatov Mansur Abdiraxim o‘g‘lining dissertatsiyasi himoyasi e’loni
2026-yil 13-avgust kuni soat 1400da O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/2025.27.12.Isl/Tar.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik kengash majlisida Xolmatov Mansur Abdiraxim o‘g‘lining “Talabalarda diniy bag‘rikenglik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari” mavzusidagi 19.00.07 – Din psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.Ilmiy rahbar:Rasulov Abdimo‘min Ibragimovichpsixologiya fanlari doktori, professorRasmiy opponentlar:Abdullayeva Shoira Hamidovna psixologiya fanlari doktori, professorTursunov Lutfulla Sayfullayevichpsixologiya fanlari nomzodi, dotsent Yetakchi tashkilot:Termiz davlat universiteti Zoom havolasiga ulanish:https://us06web.zoom.us/j/82650354912?pwd=7Zh38rzk4rOhjycbT1RiXalpQ6hjVP
Batafsil
Tarixiy meros va diniy-ma’rifiy diplomatiya
An’anaviy diplomatiya ko‘pincha manfaatlar muvozanati, muzokara va bitimlar tilida so‘zlaydi. Madaniy diplomatiya san’at, adabiyot va tarix orqali mamlakat haqida ijobiytasavvur uyg‘otadi. Diniy-ma’rifiy diplomatiya esa yanada nozik omilga — insonning e’tiqodi, u muqaddas deb bilgan qadriyatlar va tarixiy xotirasiga tayanadi.O‘zbekistonning tahlillar tufayli ko‘zga tashlanayotgan bu yangi modeli islomni zo‘ravonlik bilan tenglashtiruvchi tashqi stereotiplarga ilmiy dalil bilan javob berishi, buzg‘unchi talqinlarga qarshi ma’rifiy maydon yaratishi, turli din va madaniyat vakillarini inson qadri, bilim, vijdon erkinligi, tinchlik va mas’uliyat atrofida birlashtirishi mumkin. Tayyor qarashlarni majburan singdirishga emas, balki manbalarni birgalikda o‘rganib, umumiy yechim topishga undaydi.Aynan mana shu qarash ushbu forumni shunchaki nomiga o‘tkaziladigan tadbirlardan ajratib turadi.Shund
Batafsil