Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi. Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida haftaning har shanba kuni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.Mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etayotir.Bugungi mashg‘ulotlar ham ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilib, unda Akademiya vakillari, eng avvalo, kun tartibiga rioya etish,
Batafsil
Abituriyentlarga Akademiya va undagi ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 5-iyun sanasidan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlandi. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida maslahat markazi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda abituriyentlar va ularning yaqinlari Akademiya va undagi yo‘nalishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda. Qabul jarayoniga mas’ul xodimlar tomonidan maslahatlar berilmoqda. Shuningdek, Akademiyada abituriyentlarga ma’lumot berish uchun “Call-markaz” faoliyati ham ishga tushirilgan.Fuqarolar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.Murojaat uchun:️(71) 207-18-78“Call-markaz” faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha davom etadi. (Tushlik 13:00 d
Batafsil
Manfaatli va koʻpchilik kutgan manba
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida koʻp jildli “Islom ensiklopediyasi”ni yaratish ishlari olib borilayotgani hech kimga sir emas. Ushbu ezgu ishlar bilan hamohang yaxlit jildli muxtasar “Islom” ensiklopediyasi ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi.Ensiklopediya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻquvchilarga yoʻllagan tabrigi bilan boshlanadi. Unda Islom dini tarixi va taʼlimoti, uning asosiy ruknlari, tariqat odoblari, muqaddas qadamjolar, mashhur masjid va madrasalar tarixi, sahobalar hayoti va faoliyati, muhaddislar, faqihlar, mufassirlar, tasavvuf olimlari, aziz-avliyolar, Islom maʼrifati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz va allomalar hayoti va ilmiy merosi haqida alifbo tartibida tizimli ilmiy asoslanga qimmatli maʼlumotlar berib borilgan.Maʼlumki, milliy qiyofa bilan yo‘g‘rilgan qomus har qanday millatning koʻzgusi boʻlib, unda xal
Batafsil
Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjumanda Akademiya va boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va olimalar oʻz maʼruzalari hamda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi. 2015-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur konferensiya har yili yuzlab ijodkor va tadqiqotchi xotin-qizlarni bir maydonga jamlab kelmoqda. Uning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning izlanishlarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda yangi isteʼdod va olimalarni kashf etishdan iborat.Mazkur konferensiya bugungi kunga kelib, shunchaki ilmiy yigʻin emas, balki jamiyatimizda mustahkam oʻrin
Batafsil
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Batafsil
Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Xabaringiz bor, joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakat qilish oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi h
Batafsil
Hojilarning ilk guruhlari ona diyorimizga yetib keldi
Kecha “Haj - 2026” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon yurtimizga yetib keldilar. Toshkent xalqaro aeroportida nurli va fayzli yuzlarida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilarimizni Prezident Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari ehtirom ila kutib olishdi. Muqaddas zaminda dinimizning beshinchi arkonini katta ixlos va ibodat zavqi bilan ado etgan hamurtlarimiz ko‘tarinki kayfiyat ila yaqinlari bilan diydorlashdi. Hojilarimiz ushbu ulug‘ kunlarga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar ay
BatafsilOʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining muborak Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum muhtaram ustozlar!Aziz talaba-yoshlar!Barchangizni butun islom ummati uchun ulugʻ va fayzli ayyom – muborak Qurbon hayiti bilan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasi va shaxsan oʻz nomimdan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, mehr-oqibat va saxovat muhitini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xalqimizga xos bagʻrikenglik, ehson va himmat kabi ezgu fazilatlar Qurbon hayiti kunlarida yanada yorqin namoyon boʻlmoqda.Bugun Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini keng targʻib etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida vijdon erkinligini taʼminlash, diniy taʼlimni takomillashti
Batafsil
Yoshlar bandligini ta’minlash – jamiyatni taraqqiy ettirishning muhim omili
Bugungi globallashuv davrida taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab intilayotgan har bir davlat oldida yoshlarning qalbi va ongini yot gʻoyalardan asrashdek muhim vazifalar ustuvor boʻlib turibdi. Bunga erishish uchun, avvalo, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish lozim. Yurtimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod va bu ularga oid masalalar bilan ishlashda yangicha yondashuv va talablarni yuzaga chiqarmoqda. Jamiyatimizdagi islohotlar jarayonida bu masalalarga ustuvor ahamiyat berilayotgani navqiron avlodni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda muhim omil boʻlayotir.Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ustuvor masala sanaladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish oʻrinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
Batafsil
Kengash majlisi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish departamenti rahbari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilish avvalida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Otabek Rasulovga siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PHD) diplomi topshirildi. Shundan so‘ng majlis kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy ta’lim muassasasi oldida turgan ustuvor vazifalar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartar
BatafsilTurizm rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari xalqaro miqyosda muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishining dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi 1-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli ilmiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiya turizm sohasida yuz berayotgan global o‘zgarishlar, zamonaviy rivojlanish tendensiyalari hamda O‘zbekistonda turizmni barqaror va innovatsion asosda rivojlantirish istiqbollarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida jahon turizm bozoridagi yangi imkoniyatlar, raqamli transformatsiya jarayonlari, ekologik yondashuvlar hamda hududiy turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalari
BatafsilO‘zbekiston – Indoneziya: boy madaniyatlar va ilm-fan uyg‘unligi
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, madaniy-ma’rifiy, turizm, ilm-fan sohalaridagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.Ana shu hamkorlik aloqalarining tadrijiy davomi sifatida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekiston – Indoneziya tajriba almashinuv dasturi: O‘zbekistondagi mahalla va Indoneziyadagi kampung institutlarining ijtimoiy hamohangligini va barqarorligini mustahkamlash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rif
Batafsil