O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Islom dinida xalq diplomatiyasi va mediatsiya tamoyillari
Yangiliklar

Islom dinida xalq diplomatiyasi va mediatsiya tamoyillari

Tinchlik bu insoniyatga Alloh taolo tomonidan berilgan eng oliy ne’mat hisoblanadi. Tinchlikning qadriga yetish, uni asrab-avaylash zimmamizdagi eng oliy burchdir. Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlar zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. Zero, ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida davlat va jamiyatning rivojlanishi barqarorlik va tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog‘liq. Ayniqsa, islom dini tinchlik va ezgulik dini bo‘lib, tarixan u xalqlar o‘rtasidagi birdamlik, diplomatik munosabatlarga sabab bo‘lgan.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Islom dinida xalq diplomatiyasi va mediatsiya tamoyillari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik ta

Batafsil
Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori
Yangiliklar

Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlarning muammolari va takliflarini bevosita tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mart oyining har payshanba kunida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.Bugun mazkur loyiha doirasida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qi

Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati tabrigi
Yangiliklar

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati tabrigi

Assalomu alaykum muhtarama ustozlar!Qadrli va aziz ayollar, iqtidorli talaba-qizlarim!Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasi va shaxsan oʻz nomimdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi qutlugʻ bayramning fayzli Ramazon oyida boʻlib oʻtayotgani uning ezgu ruhi va mazmunini yanada oshirmoqda. Muqaddas dinimiz ham muhtarama onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz, munis qizlarimizga hamisha yaxshilik qilishga, ularning izzat-hurmatini doimo joyiga qoʻyishga buyuradi. Bizni dunyoga keltirgan, oq sut, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, moʻtabar ayol zotiga doimo taʼzim qilamiz. Zero, inson qadrini ulugʻlash avvalo aziz-u mukarrama ayollarimizni ulugʻlashdan boshlanadi.Bu yuksak insonparvarlik tamoyili kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrik

Batafsil
Kengash majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Yangiliklar

Kengash majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining an’anaviy navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Rektor Muzaffar Kamilov majlisni ochib berar ekan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barcha ayollarni tabrikladi. Ularning ishlariga muvaffaqiyat, oilaviy baxt, sihat-salomatlik tiladi.Dastlab “Arab tili va adabiyoti “al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Omon Musayevning 80 yoshga to‘lgani hamda Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimi G‘aybulla To‘laganovning 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan taqdirl

Batafsil
Muhabbat va vafo timsoli – muqaddas ayol
Yangiliklar

Muhabbat va vafo timsoli – muqaddas ayol

Go‘zallik va latofat timsoli, oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol – nafosat va goʻzallik timsoli. Tabassumi – ilhom, mehri – kuch, borligi esa eng katta boylik. Uning mehridan ko‘ngillar orom oladi, xotirjamlik his qiladi. Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi sanaladi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “Muhabbat va vafo timsoli – muqaddas ayol!” mavzusida ba

Batafsil
Yoshlar – yurtimiz kelajagi, ertamiz umidi
Yangiliklar

Yoshlar – yurtimiz kelajagi, ertamiz umidi

Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida farzandlarimiz barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishmoqda. Xabaringiz bor, joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot o‘tkazilgan edi. Mazkur muloqot yoshlar siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi hamda haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni deb e’lon qilindi.Mazkur muloqotda yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi.Shu mun

Batafsil
Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari
Yangiliklar

Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bir haftada bir mutafakkir” rukni doirasida “Jadidlar merosi haftaligi” ma’rifiy-ma’naviy tadbiri tashkil etildi.“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamda “Yosh faylasuflar to‘garagi” tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda talabalar tomonidan “Jadidchilik harakati tarixi”, “Ta’lim islohotlari” hamda “Milliy o‘zlik va jadidlar” mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyatini yoritish, milliy uyg‘onish g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish, ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.Tadbir video namoyish bilan boshlandi. Unda jadidlar harakati tarixi, ularning ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi hamda millat ravnaqi uchun qilgan xizmatlari aks ettirildi.So‘zga chiqqanlar tomonidan jadidchilik harakati millat tafakkurining uyg‘onish

Batafsil
Diniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surildi
Yangiliklar

Diniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surildi

O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada yangi institutsional bosqich boshlanmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ilmiy merosni yagona platforma asosida o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib etish maqsadida “Tamaddun” uyushmasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbus mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda. Mamlakatimizda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimiz va jahon jamoatchiligiga ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida taqdim etilgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda mazkur tashabbuslarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, milliy ilmiy merosimizni tizimli va muvofiqlashgan tarzda targ‘ib et

Batafsil
Ma’naviy tahdidlar – sog‘lom e’tiqod kushandasi
Yangiliklar

Ma’naviy tahdidlar – sog‘lom e’tiqod kushandasi

Bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs tarbiyasidagi o‘rnini o‘rganish dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Shu bois, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini shakllantirish va yoshlar ongiga singdirishda dinni to‘g‘ri hamda tahliliy o‘rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat yoxud ma’naviy tahdidlar – sog‘lom e’tiqod kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Unda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida Toshkent shahar “Ma’ri

Batafsil
O‘ZBЕKISTON ULAMOLARINING O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYЕVGA MAKTUBI
Yangiliklar

O‘ZBЕKISTON ULAMOLARINING O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYЕVGA MAKTUBI

Muhtaram Prezident!Siz Janobi Oliylarini va Siz orqali butun xalqimizni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a’zolari nomidan samimiy muborakbod etamiz.Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurt obodligi yo‘lida tunu kun qilayotgan fidokorona mehnatlaringizga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin, ulkan zafarlar ato etsin!Bugun mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayonida diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilayotgan alohida e’tiboringiz yurtdoshlarimiz qalbida shukronalik tuyg‘usini mustahkamlamoqda. Tajriba va kuzatishlarimizdan ma’lumki, dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib o‘tkazish bo‘yicha davlat rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinadi. Sizning tashabbusingiz bilan qabul qilinayotgan bunday hujjatlar mazkur oyni yuksak insoniy fazilatlar, saxovat va mehr-muruv

Batafsil
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi

Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf hisoblanadi.Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.Ayniqsa, 2025-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida mazkur mavzuga alohida to‘xtalib o‘tilgan edi.Unda davlatimiz rahbari “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid

Batafsil
“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Yangiliklar

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublikamizda “Dinshunoslik” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2026-yil 21-aprel kuni “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.Konferensiya axborot xati bilan tanishish uchun quyidagi linkka kiring!https://docs.google.com/document/d/1vleuSkp57OqViarrmmOn1i2EGGAr1AYL/edit️Tezisning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi manzillar orqali yuboriladi: https://t.me/Odil_Ernazarov (+998909545243)unesco.iiau@gmail.com

Batafsil
Ko'rinish