O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyot sari ishonchli qadam
Yangiliklar

Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyot sari ishonchli qadam

Xabaringiz bor, 2025-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi yo‘llangan edi. Mazkur Murojaatnoma mazmun-mohiyati, qamrov doirasi va strategik ahamiyati bilan har qachongidan ham zalvorli boʻldi. Unda davlatimiz rahbari soʻnggi toʻqqiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlarni izchil tahlil qilib, mamlakat taraqqiyotida erishilgan yutuqlarni aniq raqam va dalillar asosida koʻrsatib berdi. Jamiyat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini taʼminlashga doir muhim vazifalar, aniq rejalarni taqdim etadigan Murojaatnoma yil davomida dasturulamal boʻlishi shubhasiz.Shu bois, joylarda Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” m

Batafsil
Akademiyada “Boburxonlik ilmiy-ma’rifiy kechasi” o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Boburxonlik ilmiy-ma’rifiy kechasi” o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Bugungi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Boburxonlik ilmiy-ma’rifiy kechasi” ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos olim Otabek Jo‘raboyev, Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Saidbaxrom Azizov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Akademiya birinchi prorektori tadbir avvalida so‘zga chiqib, Bobur Mirzo tomonidan yaratilgan asarlar, uning sinovlar

Batafsil
Zahiriddin Muhammad Bobur – davlat arbobi va buyuk so‘z san’atkori
Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur – davlat arbobi va buyuk so‘z san’atkori

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir. Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Zahiriddin Muhammad Bobur – davlat arbobi va buyuk so‘z san’atkori” mavzusidagi bayram tadbiri bilan davom etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabala

Batafsil
Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni
Yangiliklar

Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik sharofati oʻlaroq diniy va milliy qadriyatlarimiz toʻlaligicha tiklandi, ulugʻ ajdodlarimizning xotiralariga munosib ehtirom koʻrsatildi, ular qoldirgan diniy-ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy merosni oʻrganish uchun imkoniyatlar yaratildi.Musulmon renessansi, yaʼni ilmiy-maʼrifiy uygʻonish davriga asos solgan ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda ham maʼrifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy merosini oʻrganish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ular yaratgan ilmiy yoʻnalishlar va maktablar anʼanalarini davom ettirish bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik, adolat va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish davlatimizning ustuvor

Batafsil
Alisher Navoiy – she’riyat ummonining javhari
Yangiliklar

Alisher Navoiy – she’riyat ummonining javhari

Bu “Foniy” dunyoda “Ko‘nglum ichda dard-u g‘am” bisyor deya “O‘n sakkiz olam oshubi” Haqqa hamd-sano aytgan ulug‘ ijodkor, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bugun chin ma’noda avlodlarning sevimli siymosidir.Hazratning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” asarlarining dovrug‘i “Iskandar devori”dan ham o‘tib, “Yaxshilar hayrati”ga sabab bo‘lmoqda. “Yetti sayyora”dagi “Qush tili”da ham insoniylik, olam aro yaxshilikka da’vat etuvchi asarlarni o‘qib, uning mag‘zini, asl ma’no-yu tavsifini, “Ma’nolar xazinasi”ni anglamaguncha “Qaro ko‘zum”izga uyqu “Kelma(y)di”.Darhaqiqat, buyuk shoir va mutafakkir, xalqparvar davlat arbobi Alisher Navoiyning bebaho merosi el-yurtimiz ma’naviy hayoti va dunyo adabiyoti rivojida alohida muhim o‘rin tutadi. Hazrat Navoiyning muborak siymosi umrini Vatan va xalq saodati uchun baxsh etishni hayot maslagi deb biladigan fidoyi shaxslarni tarbiyalashda barcha

Batafsil
Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda
Yangiliklar

Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Allomaning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, shoir tug‘ilgan qutlug‘ 9-fevral sanasini har yili adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash an’anasi qaror topdi. Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan marosimda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, ad

Batafsil
Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
Yangiliklar

Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni

Ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, bebaho asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.Joriy yilda Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ladi. Joylarda sana munosabati bilan turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekani Ilyos Mirziyotov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni”, “

Batafsil
Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Yangiliklar

Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-fevral sanasidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.“Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs darslarida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan reja-jadvalga muvofiq, ma’ruzalar qilinmoqda.O‘quv mashg‘ulotlari bugun ham davom etdi.Bugungi ma’ruzalar Akademiya professor-o‘qituvchilari – Xo‘jageldi Alimov hamda Samad Ma’murov tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlarda “Ichki bozorda talabni rag‘batlantirish” hamda “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” mavzusida ma’ruza darslari tashkil etildi.Darslarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisod

Batafsil
Buxoro viloyatida “Dinlararo do‘stlik safari” o‘tkazildi
Yangiliklar

Buxoro viloyatida “Dinlararo do‘stlik safari” o‘tkazildi

Bugun Buxoro viloyatida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – tinchlik va barqarorlik omili” shiori ostidagi ilmiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi doirasida “Do’stlik safari” nomli ekskursiya tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining ko‘magi bilan amalga oshirildi.Ekskursiyada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida ishtirokchilar Buxorodagi turli diniy jamoalarning madaniy va tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, safar davomida ishtirokchilar Buxoro yahudiylari jamoasi, pravoslav cherkovi va bahoiy jamoasi ibodatxonalariga tashrif buyurishdi.Shuningdek, ekskursiya davomida Akademiya talabalari tashabbusi bilan faoliyat yuritib kelayotgan “Konfessiyalararo muloqot k

Batafsil
Diniy ta’limotlarda jamiyatni yuksaltirishga oid ko‘rsatmalar
Yangiliklar

Diniy ta’limotlarda jamiyatni yuksaltirishga oid ko‘rsatmalar

Bugun ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Diniy ta’limotlarda jamiyatni yuksaltirishga oid ko‘rsatmalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Besh asrdan ziyod vaqt davomida islom olamining intellektual va ma’naviy quvvati manbai bo‘lib kelgan ushbu muqaddas dargohda o‘tkazilgan mazkur tadbir qadimiy islom sivilizatsiyasi merosini bugungi kunning ijtimoiy ehtiyojlari va milliy taraqqiyot maqsadlari bilan uyg‘unlashtiruvchi strategik muloqot maydoniga aylandi. Anjuman ishtirokchilari diniy qadriyatlarning jamiyat barqarorligi va inson kapitalini rivojlantirishdagi o‘rnini konseptual jihatdan tahlil qildilar.Tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov bugungi kunda diniy ta’lim muassasalari zimmasidagi mas’uliyat faqatgina kadrlar tayyorlash emas, balki jamiy

Batafsil
Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyot sari ishonchli qadam
Yangiliklar

Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyot sari ishonchli qadam

Xabaringiz bor, 2025-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi yo‘llandi. Mazkur Murojaatnoma mazmun-mohiyati, qamrov doirasi va strategik ahamiyati bilan har qachongidan ham zalvorli boʻldi. Unda davlatimiz rahbari soʻnggi toʻqqiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlarni izchil tahlil qilib, mamlakat taraqqiyotida erishilgan yutuqlarni aniq raqam va dalillar asosida koʻrsatib berdi. Jamiyat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini taʼminlashga doir muhim vazifalar, aniq rejalarni taqdim etadigan Murojaatnoma yil davomida dasturulamal boʻlishi shubhasiz.Shu bois, joylarda Murojaatnomaning mazmon-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs o‘qu

Batafsil
Akademiyada “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik tadbirlari boshlandi
Yangiliklar

Akademiyada “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik tadbirlari boshlandi

Bugungi globallashuv va geosiyosiy ziddiyatlar sharoitida dinlararo muloqot, insoniy birodarlik, ijtimoiy hamjihatlik masalalari xalqaro tinchlik hamda barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” hamda 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan. Ma’lumki, 2019-yil 3-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Insoniy birodarlik bo‘yicha anjumanda Rim Papasi Fransisk va Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib o‘rtasida “Insoniy birodarlik – xalqaro tinchlik va hamjihatlik omili” nomli hujjat imzolangan. Hujjat imzolanishi natijasida BMT tomonidan 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni deb e’l

Batafsil
Ko'rinish