Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Keyingi yillarda yurtimizda iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdod va salohiyatini toʻla namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.Qayd etish kerak, 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Ahamiyatlisi, mana shu iqtidorli yoshlar safida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining besh nafar isteʼdodli talabasi ham bor. Xususan:Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Dildora Abdurahmonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasini
BatafsilAkademiyada Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.Unda “Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish” hamda “Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish” kabi ma’ruza darslari tashkil etildi.Dastlabki ma’ruzalar Akademiya professor-o‘qituvchilari – Farhod Karimov, Bektosh Berdiyev, Zokir Sodiqov tomonidan olib borildi. Darslarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilish
Batafsil“Anhor Evolution” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan memorandum imzolandi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda “Anhor Evolution” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash marosimi o‘tkazildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Akademiya prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda “Anhor Evolution” MChJ bosh direktori Azamat Raupov hamda “Anhor sayli” MChJ direktori Eldor Ubaydullayev ishtirok etishdi.Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Ma’lumki, “Anhor Evolution” masʼuliyati cheklangan jamiyati poytaxtimizning Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan “Navro‘z” bog‘i hududida faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur b
BatafsilKengash majlisi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisda oliy ta’lim muassasasi zimmasida bajarilishi zarur bo‘lib turgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Ortda qolgan yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekani qayd etildi.Dastlab 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da Akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
Batafsil
Ilmga bag‘ishlangan hayot: jadidlar sabog‘i
Jadidchilik XIX asr oxiri XX asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkaz, Volgabo‘yi hududlarida shakllangan, yangi zamonaviy maktab, matbaa va taraqqiyotning ilg‘or usul va yo‘llarini yoqlab chiqqan ijtimoiy-ma’rifiy harakat hisoblanadi.Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini yoshlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etish esa ustuvor vazifa sanaladi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida jadid mutafakkirlar xotirasiga bag‘ishlab “Ilmga bag‘ishlangan hayot: jadidlar sabog‘i” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi, Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida tashkil
Batafsil
2025/2026-o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topshiruvchi bakalavrlar uchun dasturlar
2025/2026-o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topshiruvchi bakalavrlar uchun dasturlarYUKLAB OLISH UCHUN
Batafsil
Vatan himoyasi – muqaddas burch
Vatan – muqaddas! Uni himoya qilish esa har birimizning burchimizdir. Bugun tinch yurtda yashar ekanmiz, bu osoyishtalik o‘z-o‘zidan kelmaganini anglashimiz zarur. Vatan himoyasi faqat qurol tutgan qo‘llar bilan emas, balki hushyor tafakkur, pok niyat va sadoqat bilan amalga oshajak. Shuning uchun ham “Vatan himoyasi – har birimizning vijdoniy mas’uliyatimiz” degan tushuncha bugungi kun ruhiga ayni mos keladi.Tinch va osoyishta, farovon hayotimiz mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinib kelinmoqda. Mana shunday masʼuliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, sarhadlarimiz daxlsizligiga kamarbasta boʻlayotgan o‘gʻlonlarimizni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak arziydi.Vatanni sevish, uning har qarichini ardoqlash, yurt ravnaqi uchun imkon qadar hissa qo‘sha olish chin insonlik martabasidir. Vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq xizmatiga kamarbastalik esa kish
BatafsilOʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilovning 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Qadrli hamkasblar!Aziz talaba-yoshlar!Shu kunlarda Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti kafolati boʻlgan, oʻzbek xalqi vatanparvarligi, birligi va qudratining haqiqiy ramziga aylangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 34 yil toʻladi. Shu munosabat bilan Siz, azizlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.Bugun mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulugʻ ishni sharaf bilan ado etayotgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli anʼanalarini munosib davom ettirib kelayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlari koʻz oldimizda gavdalanadi.Mazkur bayram mamlakatimiz hayotida alohida siyosiy va maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan ulugʻ ayyomdir. Bu sana Vatanga sadoq
Batafsil
Rahbariyat va talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.Bugun Islomshunoslik fakultetining sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.Muloqot davomida oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya
Batafsil
Professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.Bugungi darslarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi J.Aliyev tomonidan “Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida diniy mazmundagi materiallardan foydalanish tartibi” hamda Toshkent shahar Statistika boshqarmasi mutaxassisi G.Mamarasulova tomonidan “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha” mavzusidagi ma’ruzalar
BatafsilDekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev hamda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev ochib berishdi. O‘quvlarda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda soha ekspertlari tomonidan dolzarb mavzularga taalluqli ma’ruzalar olib borildi. Xususan, “Yoshlar o‘rtasida radikallashuvni oldini olishning dolzarb muammolari”, “Talabalar o‘rtasida huquqiy profilaktika ishlarini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari”, “Talabalarni noqonuniy tarzda diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatishdan ogoh etish” hamda “Talabalar o‘rtasida ijtimoiy-diniy muhit barqarorligini ta’minlashga doir profilaktika va tarbiyaviy ishlar samarasini oshirish masalalari” kabi mavz
BatafsilProfessor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.Bugungi darslar “Hozirgi arab tilida jinoyat huquqi terminlar tizimi: shakllanishi va takomili” hamda “O‘zbekistonda diniy mutaassiblik va radikalizmga qarshi kurashishda deradikalizatsiyaning ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzalari bilan davom etdi.Seminarlarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil izlanuvchisi L.Abdulkasimova va “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO”
Batafsil