O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Ma’naviyat mustahkam joy olgan qalbda yovuzlik bo‘lmaydi
Yangiliklar

Ma’naviyat mustahkam joy olgan qalbda yovuzlik bo‘lmaydi

Aslida, ma’naviyat yillar, asrlar davomida sayqallanib boradi. Ma’naviyatga qanchalik kuchli e’tibor qaratilsa, shunchalik yuksalaveradi.U odamlarning har bir xatti-harakatida, fikr tarzida, o‘y-xayollari tilida so‘zga aylanganida namoyon bo‘ladi. Ha, haqiqatdan ham bugun ma’naviyat masalasi ayrim kimsalar tomonidan ko‘p bora “Ma’naviyat kerakmi?” degan iddaoli chiqishi bilan o‘zining hamon dolzarbligini ko‘rsatmoqda.Prezidentimiz 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’naviyat masalasi haqida ochiq haqiqatni aytdi. Ilm, ziyoli ahli, jamiyatning vazifalarini belgilab berdi.“Ma’naviyat” kalimasiga istiqlol tufayli zarurat kuchaydi. Zero, milliy, diniy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos urflarga qaratilgan turfa ta’sir, tazyiq shunga majbur qildi bizni. O‘tgan davr mobaynida qaysidir tahdid barham topdi, boshqasi, aksincha, kuchaydi. Bunda har birimiz yo tomoshabin bo‘ldik

Batafsil
Yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Akademiyada
Yangiliklar

Yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari tashrif buyurdi.Tashrif avvalida mehmonlar Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar — Shayxovantahur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarini ziyorat qilishdi. Tarixiy obidalar haqida ularga batafsil ma’lumot berildi.Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati bilan yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ziyorat turizmi borasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida erishayotgan yutuq va tajribalari bilan o‘rtoqlashish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarda o‘zaro fikr almashildi

Batafsil
O‘zbekiston – boy madaniyat, qadimiy tarixga ega mamlakat
Yangiliklar

O‘zbekiston – boy madaniyat, qadimiy tarixga ega mamlakat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil yanvar oyida Germaniyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining islomshunos, sharqshunos olimlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning nufuzli universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, muzey va qo‘lyozma fondlarida bo‘lib, soha mutaxassislari bilan uchrashuv hamda muloqotlar o‘tkazgandi.Safar davomida Germaniya va O‘zbekistonda islomshunoslikka ixtisoslashtirilgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, buyuk alloma va ajdodlarimizning Germaniyada saqlanayotgan nodir asarlarini o‘rganish, hamkorlikda konferensiyalar, ilmiy seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.Ana shu kelishuvlarga muvofiq, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Batafsil
O‘zbekistonga 2020-yilda 1 million 504 ming sayyoh keldi
Yangiliklar

O‘zbekistonga 2020-yilda 1 million 504 ming sayyoh keldi

Mamlakatimizga yakunlangan 2020-yilda 1 million 504 ming turist keldi, ularga 261 million dollarlik xizmat ko‘rsatildi.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.- Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi, - dedi A.Abduhakimov. - 2020-yilda jami 1 million 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini ko‘rsatdik.2021-yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq reja va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchimiz.2021-yilda O‘zbekistonga 1 million 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo

Batafsil
Janubiy Koreya telekanalida O‘zbekiston haqidagi navbatdagi ko‘rsatuv namoyish etildi
Yangiliklar

Janubiy Koreya telekanalida O‘zbekiston haqidagi navbatdagi ko‘rsatuv namoyish etildi

Koreya Respublikasining «OLIFE» telekanali «Dunyo bo‘ylab sayohat» dasturi orqali yurtimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – qadimiy qizil karvon yo‘llari va moviy gumbazlar o‘lkasi» nomli ko‘rsatuv namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Qariyb 50 daqiqalik ko‘rsatuv davomida janubiy koreyalik sayyohlarning mamlakatimizdagi eng diqqatga sazovor turizm marshrutlari bo‘ylab sayohat taasurotlari tomoshabinlarga yetkaziladi. Jumladan, Toshkent shahrining zamonaviy qiyofasi va ko‘ngilochar maskanlari, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarning arxitektura va madaniy yodgorliklari, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, shuningdek o‘zbek xalqining urf-odatlari, milliy taomlari, san’ati va boy madaniy me’rosi aks ettiriladi.Ko‘rsatuv ijodkorlari tomonidan janubiy koreyalik turistlar orasida katta qiziqish uyg‘otuvchi respublikamizning to

Batafsil
Misr Arab Respublikasining “Al-Xabar al-youm” gazetasida Akademiya xodimlarining maqolasi chop etildi
Yangiliklar

Misr Arab Respublikasining “Al-Xabar al-youm” gazetasida Akademiya xodimlarining maqolasi chop etildi

Misr Arab Respublikasining “Al-Xabar al-youm” (Kun xabari) gazetasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va Akademiya o‘qituvchisi Javohirxon Sobirov hammuallifligida tayyorlangan “O‘zbekiston – islom tamadduni taraqqiyotida: kecha va bugun” mavzusidagi maqola e’lon qilindi.Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jahon hamjamiyatiga bildirilayotgan tashabbus va takliflar, diniy-ma’rifiy soha rivojidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z boradi.Shu nuqtai nazardan yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan oqilona siyosatga dunyo hamjamiyati qaratayotgan e’tibor, yurtimiz yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgani va bu borada mustahkam poydevorga ega ekani, ya’ni, ta’lim tizimi rivojidagi amaliy ishlar maqolada tilga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tom

Batafsil
Endi mahalla tizimida uch yillik stajga ega boʻlganlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi
Yangiliklar

Endi mahalla tizimida uch yillik stajga ega boʻlganlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.Mazkur sirtqi taʼlim shakli doirasida:oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi:kadrlar tayyorlash boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega boʻlgan hamda kirish

Batafsil
Malaka oshirish tinglovchilari test sinovlarida ishtirok etdi
Yangiliklar

Malaka oshirish tinglovchilari test sinovlarida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahrining Yunusobod, Yashnobod, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Olmazor tumanlaridagi umumta’lim maktablarining “Tarbiya”, “Davlat va huquq asoslari”, “Tarix hamda arab tili” fani o‘qituvchilari uchun 10 kunga mo‘ljallangan 72 soatlik malaka oshirish o‘quv-kurslari tashkil etilgandi.Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng test sinovlari bo‘lib o‘tdi.Malaka oshirish o‘quv-kurslarida o‘tilgan mavzular bo‘yicha tuzilgan test sinovlarida o‘qituvchilar darslar mobaynida olgan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘qituvchilar 20 daqiqa davomida 20 ta sav

Batafsil
Moturidiylik – moʻtadil ta’limot
Yangiliklar

Moturidiylik – moʻtadil ta’limot

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Moturidiylik – moʻtadil ta’limot” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bahrayn universiteti Arab tili va islomshunoslik kafedrasi professori, islom ilmlari bo‘yicha yetakchi olim Adnon Muhammad Zarzur o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Uchrashuvda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davron Maxsudov, markaz katta ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy, ilmiy xodimlar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi a’zolari, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida professor Adnon Muhammad Zarzur so‘zga chiqib, Movarounnahr diyoridan dunyo tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar yetishib chiqqani, ularning ilmiy meroslarini o‘

Batafsil
Millatlararo hamjihatlik taraqqiyotimizning asosiy omillaridan biridir
Yangiliklar

Millatlararo hamjihatlik taraqqiyotimizning asosiy omillaridan biridir

Rahmatulla Jabborov,O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi:— Prezidentimizning Oliy Majlisga, xalqqa murojaatnomasini to‘lqinlanib tingladim, ikki davrni boshimdan o‘tkazgan bir fuqaro sifatida o‘zimga kerakli xulosalarni chiqardim.“O‘z tarixini bilmagan xalq o‘z yo‘lidan adashadi” deb aytishadi. O‘zbekiston sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida birinchilardan bo‘lib 1991-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qildi va suveren mustaqil respublika bo‘lib tarixga kirdi. Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi hammamizning ko‘z oldimizda turibdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston o‘zining yer osti va yer usti boyliklariga o‘zi ega bo‘ldi.Ilgari sobiq ittifoq davrida xalqimiz o‘zi ekib yetishtirgan paxtasini chetga sota olmas edi. Ixtiyor

Batafsil
Ezgu maqsadlar sari intilamiz
Yangiliklar

Ezgu maqsadlar sari intilamiz

MUNOSABATPrezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida hamkasb professor-o‘qituvchilar bilan birga tingladik. Davlatimiz rahbarining har bir ma’ruza va chiqishlari tom ma’noda tarix yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Kuni kecha Oliy Majlisga qilingan Murojaatnoma mamlakatimizning tarixida tub burilish yasaydigan hujjatlar va amaliy faoliyatga asos yaratadi, degan fikrdaman.Yilning sarhisobi o‘laroq yangragan ma’ruzada keltirilgan fakt va raqamlarning ko‘pligi butun jahon ahliga katta sinov sifatida kechgan 2020-yilda ham O‘zbekistonda islohotlar jadal suratda olib borilganidan dalolat beradi. Koronavirus pandemiyasi, Buxoro va Sardobadagi texnogen ofatlardan zarar ko‘rgan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizilishi hokimiyat hamda uning manbai bo‘lgan xalqning yakdil va yagona ekanligining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Batafsil
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
Yangiliklar

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

MUNOSABATO‘tgan yil yakunida Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. 2017-yildan buyon an’anaga aylangan ushbu tadbirda tugab borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar, asosiy ko‘rsatkichlar sarhisob qilindi. Shu bilan bir qatorda, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar, insoniyat uchun global ofat deb baholangan koronavirus pandemiyasi, Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarni mardonavor yengib o‘tishda xalqimizning hamjihatligi, fidokorona mehnati, jamiyat va davlat tashkilotlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari muhim o‘rin tutgani alohida ta’kidlandi.Murojaatnomada kirib kelayotgan 2021-yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatl

Batafsil
Ko'rinish