Akademiya magistrantining kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.Akademiya magistranti Jasurbek Abduqodirov muallifligidagi mazkur kitob “Islomda ziyorat tushunchasi va uning odoblari” va “Ziyoratgohlarning inson shaxsiy qadriyatlaridagi o‘rni” kabi boblarga bo‘lingan.Taqdimotda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri, yosh tadqiqotchining ilmiy rahbari Mirodil Haydarov, kafedra professor-o‘qituvchilari, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Anvar Xudoyorov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Risola ziyorat tushunchasi va uning mohiyati, islom dinida ziyorat qilishga munosabat va uning odo