“Tafakkur egalari – kelajak liderlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning sevimli xonandasi, o‘zining betakror ijodi bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan Shuhrat Daryo ishtirokida “Tafakkur egalari – kelajak liderlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiyada o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlov va musobaqalarda talabalarning faol ishtirok etayotgani, ayniqsa, o‘zining iqtidori bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib, ko‘plab yutuqlarga erishayotgan iste’dod sohiblari e’tirof etildi. Shu nuqtai nazardan, talabalar qo‘lga kiritayotgan har bir yutuq, g‘oliblikka munosib ko‘rilgani zamirida jonkuyar, mehnatkash, o‘