Soha fidoyilari munosib taqdirlandi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bir guruh taniqli ulamolar, islomshunos olimlar, tajribali imom-xatiblar, mohir mudarrislar, faol otinoyilar va diniy soha xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, nufuzli ulamolar, islomshunos olimlar, tajribali imom-xatiblar, diniy soha xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekist
Batafsil
Akademiya doktoranti taqdirlandi
Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda qator tashkilotlar tomonidan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazilgani haqida ma’lumot bergandik. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Lola Azimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, g‘oliblar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Lola Azimova tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Vijdon erkinligi – har bir jamiyat erkinligining ko‘zgusidir
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Vijdon erkinligi – har bir jamiyat erkinligining ko‘zgusidir” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom instituti, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan konfessiyalar, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti vakillari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchili
Batafsil
Yangi kitoblar taqdimoti
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “30 yillikka 30 kitob” nomli kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.Ushbu taqdimot tadbiri O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan hamda buyuk mutafakkir ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.Anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov, soha olimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy tadqiqotchi va xorijlik mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.Tadbirni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekis
BatafsilVatanimiz istiqlolining 30 yilligiga munosib tuhfa
Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar sarhisobi va yangi nashrlar taqdimoti o‘tkazildi.Dunyo sivilizatsiyasiga beshik bo‘lgan yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda xalqimizning boy ilmiy-tarixiy, ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vatanimiz istiqlolining 30 yilligi bayrami arafasida diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar sarhisobi hamda boy ma’naviy merosimizni o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida hassos sohaga taalluqli ilmiy, badiiy va ommabop adabiyotlar yaratilishi tahliliga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashrga tayyorlangan kitoblar taqdimoti
Batafsil
Hamdardlik nomalari kelishda davom etmoqda
Muftiy Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan dunyoning turli mamlakatlaridan nufuzli tashkilotlar va atoqli olimlar o‘zbek xalqiga o‘z hamdardliklarini izhor qilishmoqda.Jumladan, al-Azhar nufuzli olimlar Kengashi a’zolari, Pokiston ulamolar Kengashi a’zolari, ICESCO tashkiloti mutasaddilari Bilol va Ismoil Yusuflar, Parij ilmiy tadqiqotlar milliy markazi (CNRS) tadqiqotchisi, Oliy tadqiqotlar amaliy maktabi doktori Karim Ifrak, IRCICA Nashrlar bo‘limi tadqiqotchisi Ashirbek Mo‘minov, O‘sh davlat universiteti Ilohiyot fakulteti dekani Zaylobiddin Ajimamatov, Turkiyadagi Ibn Xaldun universiteti professori Hamza Bakriy, Qozog‘istondagi “Fikr” diniy-amaliy tadqiqotlar markazi direktori Askar Sabdin o‘z ta’ziyalarini bildirdilar.Shuningdek, Misr Arab Respublikasidan kelib O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qituvchilik va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tadqiqotch
Batafsil
Mahalladagi yutuq — jamiyat yuksalishiga poydevor
Akademiya professor-o‘qituvchilari mahallalarga ko‘makdoshJoriy yilning 20-aprelida Prezidentimiz tomonidan “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangan edi.Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inlari va umumta’lim maktablari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mahallalarda istiqomat qiladigan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘makdosh bo‘lib kelmoqda.Akademiya professor-o‘qituvchilari poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Jangoh”, “Ko‘kcha-darvoza”, “O‘rda”, “Gulbozor”, “Kox-ota” Mahalla fuqarolar yig‘ini tashkilotlari bilan hamkorlikda hududlardagi ma’naviy-i
Batafsil
Shoazim Minovarov: Islom sivilizatsiyasi markazi – millatni birlashtiradigan g‘oya
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni poytaxtimizda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. O‘zA muxbiri tashrifdan so‘ng ushbu markaz direktori Shoazim Minovarov bilan suhbatlashdi.– Prezidentimizning Islom sivilizatsiyasi markaziga kelishi – yaxshi an’ana. Davlatimiz rahbari bu inshootga alohida e’tibor beradilar.Bu dargoh dastlab Islom madaniyati markazi nomi bilan tashkil etilgan. Prezidentimiz 2017-yil 1-sentabr, Ramazon hayiti kuni Hazrati Imom mavzesida diniy ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv jarayonida uni Islom sivilizatsiyasi markazi deb atash tashabbusini ilgari surdilar. Chindan ham madaniyat bilan sivilizatsiya atamalari o‘rtasida katta farq bor. Madaniyat sivilizatsiyaning bir qismini anglatadi, sivilizatsiya so‘zi esa juda chuqur, keng ma’noga ega bo‘lib, uning rivojlangan shakli renessans deb ataladi.Musulmon olamida ushbu s
Batafsil
Eski shaharda yangi tarix barpo etilmoqda
Ma’rifatli xalqimiz Toshkentning Eski shahar qismida bundan ikki yarim yil avval qurilishi boshlangan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bitishini sabrsizlik va hayajon bilan kutmoqda.Shu vaqt ichida poytaxtimizning barcha hududlarida ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, boshqa inshootlar ko‘kka bo‘y cho‘zdi. Ammo Eski shaharga yuqoridan qaralsa, pastqam hovlilar, egri-bugri ko‘chalardan iborat kaftdek maskan gavdalanardi. Endi bu yerda mahobatli inshoot qad rostlab, shaharning ko‘p asrlik tarixiy qiyofasini o‘zgartirmoqda. Ha, bu yerda yangi O‘zbekistonning o‘tmish bilan uyg‘un yangi tarixi barpo etilmoqda.Keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada ko‘plab xayrli ishlar qilindi — Samarqandda Imom Buxoriy, Termizda Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etildi. Ayni paytda aqida va kalom ilmi ri
Batafsil
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilini mumtozlik darajasiga ko‘targan siymo
O‘zbekiston Prezidentining "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori doirasida qator tadbirlar rejalashtirilgan.Xususan, Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasidagi loyihalar ishlar amalga oshirilmoqda.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Abdushukurov "Dunyo" AA muxbiriga buyuk mutafakkirning o‘zbek tilini ravnaq toptirishdagi o‘rni va Navoiy asarlarida o‘zbek tiliga oid qarashlar tarixi haqida so‘zlab berdi.— XI asrda o‘zbek tilida original va tarjima asarlari yaratgan o‘tmishdoshlarining tajribasini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy, Gadoiy va Yaqiniy kabi iste
Batafsil
9-fevral arafasida barcha masjidlarda Navoiy haqiga Qurʼon xatm qilinib, duo oʻqiladi
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov maʼlum qildi.«Bu yil ulugʻ shoir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi arafasida masjidlarda Navoiy haqiga qurʼon xatm qilinib, duo oʻqiladi.Prezident huzurida oʻtgan yigʻilishda taniqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev tomonidan: “Hazratni bobomiz deymiz. Lekin, ul zotning farzandi boʻlmagan. Biz oʻgʻillik, farzandlik qilib, bu yil masjidlarda maʼnaviy padarimizning ruhi pokiga xatmi qurʼon oʻqilishiga ruxsat bersak...” deya taklif kiritildi.Taklif qabul qilindi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor Hazrat Navoiy tugʻilgan sana islomiy anʼanalarga muvofiq boshlanadi» deb yozadi A.Qodirov.
Batafsil
Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi, — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.Bugungi kunda bino toʻliq qad koʻtargan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, toʻrt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.Davlatimiz rahbari har bir yoʻlak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni koʻrdi.Markazning ichki va tashqi koʻrinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni koʻplab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.Prezidentimiz avvalgi tashrifi chogʻida Islom sivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz boʻlishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.Shunga koʻra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalq
Batafsil