Ozarbayjon hukumati rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Boku shahridagi Butunjahon diniy yetakchilar global sammiti doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi bir qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov bilan uchrashdi. Muloqotda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlarini yanada mustahkamlash, ilm-fan, madaniyat va diniy-maʼrifiy sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda Butunjahon diniy yetakchilar global sammitining ahamiyati haqida soʻz yuritilib, mazkur tadbir xalqlar va turli din vakillari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qoʻshishi, bu borada qar