O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi: din, ilm va zamonaviylik uyg‘unligi
Yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi: din, ilm va zamonaviylik uyg‘unligi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – ham mahobati, ham mohiyati jihatidan ulkan loyiha.Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar, juma kuni ushbu markazga tashrif buyurdi.Davlatimiz rahbari o‘tgan yillarda bu yerga bir necha bor kelib, uni chiroyli va sifatli qilib qurish, dunyo olimlari fikrini o‘rganib, mazmunini boyitish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bu galgi tashrif chog‘ida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.Markaz binosi loyihasi, ichki va tashqi dizayni, muzey ekspozitsiyalari mazmuni bo‘yicha dunyoning yetuk olimlari, islomshunos va san’atshunoslari bilan fikrlashilgan. Shu asosida ilmiy-tarixiy konsepsiya ishlab chiqilgan.Tashrif chog‘ida ushbu konsepsiyaning taqdimoti o‘tkazildi.- Bugun bu yerga kelishimdan maqsad - muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, ma’naviyatga, ilmga undashini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos his

Batafsil
Yurtimiz muqaddas qadamjolari haqida turkum videoroliklar tayyorlanmoqda
Yangiliklar

Yurtimiz muqaddas qadamjolari haqida turkum videoroliklar tayyorlanmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida izchil rivojlantirilmoqda. Mazkur tarmoq taraqqiyoti uchun qonunchilik asoslari takomillashtirilmoqda, davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari asosida ushbu yo‘nalishdagi sharoitlar kengaytirilmoqda.Ziyorat turizmi – tarmoqning eng katta va istiqbolli manbalaridan biridir. Mamlakatimizda Islom va boshqa dinlarga oid ko‘plab ziyoratgoh va yodgorliklar bor.O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi mamlakatimizning Islom muqaddas qadamjolariga bag‘ishlab turkum taqdimot videoroliklari tayyorlamoqda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda suratga olinayotgan ushbu turkumning birinchi mavz

Batafsil
Samarqand taassurotlari
Yangiliklar

Samarqand taassurotlari

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari, ayol o‘qituvchi va xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida mehmon bo‘lishgan edi.Bugun Akademiyada mazkur uchrashuvning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi xodimi Laylo Saidova, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar safar taassurotlari, amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritishdi. Akademiya va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.Sayohat davomida ikki ta’lim muassasa o‘rtasida do‘stona hamkorlik qilish masalalarini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida fikr bildirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akadem

Batafsil
Qozon islom instituti o‘qituvchisi yurtimizga keldi
Yangiliklar

Qozon islom instituti o‘qituvchisi yurtimizga keldi

Qozon islom instituti o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ramil Adigamov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalariga saboq berish uchun yetib keldi.O‘z sohasining yetakchi olimlaridan biri hisoblanadigan Ramil Adigamov bugungi kungacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalariga masofaviy tarzda bilim berib kelayotgan edi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida qizlar forumi tashkil etiladi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida qizlar forumi tashkil etiladi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘qitish sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, yoshlarga sifatli va zamonaviy o‘quv dasturlari asosida saboq berishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yaxshi samara beradi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari hamda ayol o‘qituvchi va xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida mehmon bo‘lishdi. Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasa o‘rtasida do‘stona hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.Institut faollar zalida ikki ta’lim muassasada tahsil oluvchi talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari so‘zga chiqib,

Batafsil
Ajdodlarimiz merosiga hurmat millatimizni yanada rivojlantiradi
Yangiliklar

Ajdodlarimiz merosiga hurmat millatimizni yanada rivojlantiradi

MUNOSABATPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida avvalgilaridek kutilmagan qator tashabbuslar ilgari surildi. Maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fan, madaniyat, san’atni rivojlantirish, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish singari sohalarda takliflar berildi.Ayniqsa, davlatimiz rahbarining anjuman boshida buyuk ajdodimiz Imom Moturidiyning “Tiriklik hikmatini sog‘liqda deb bilgin” mazmunidagi hikmatini keltirib o‘tgani allomalarimiz merosiga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.Darhaqiqat, so‘nggi yillarda ulug‘ olimlarning ilmiy merosi, asarlarini o‘rganish, xalqimizga yetkazish masalalari muhim bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi qatorida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy ta

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifatparvarlik faoliyati
Yangiliklar

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifatparvarlik faoliyati

Yurtimizda ulug‘ ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularga hurmat ko‘rsatish kabi xayrli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkir, Turkiston jadidchilik harakati yetakchilaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi hukumatimiz tomonidan keng miqyosda nishonlanib, alloma “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani buning yorqin dalilidir.Millat ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan ma’rifatparvar xotirasiga bo‘lgan hurmat, ehtirom bardavom bo‘lmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifatparvarlik faoliyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, “Islom tarixi va manbashuno

Batafsil
Ma’naviyat mustahkam joy olgan qalbda yovuzlik bo‘lmaydi
Yangiliklar

Ma’naviyat mustahkam joy olgan qalbda yovuzlik bo‘lmaydi

Aslida, ma’naviyat yillar, asrlar davomida sayqallanib boradi. Ma’naviyatga qanchalik kuchli e’tibor qaratilsa, shunchalik yuksalaveradi.U odamlarning har bir xatti-harakatida, fikr tarzida, o‘y-xayollari tilida so‘zga aylanganida namoyon bo‘ladi. Ha, haqiqatdan ham bugun ma’naviyat masalasi ayrim kimsalar tomonidan ko‘p bora “Ma’naviyat kerakmi?” degan iddaoli chiqishi bilan o‘zining hamon dolzarbligini ko‘rsatmoqda.Prezidentimiz 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’naviyat masalasi haqida ochiq haqiqatni aytdi. Ilm, ziyoli ahli, jamiyatning vazifalarini belgilab berdi.“Ma’naviyat” kalimasiga istiqlol tufayli zarurat kuchaydi. Zero, milliy, diniy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos urflarga qaratilgan turfa ta’sir, tazyiq shunga majbur qildi bizni. O‘tgan davr mobaynida qaysidir tahdid barham topdi, boshqasi, aksincha, kuchaydi. Bunda har birimiz yo tomoshabin bo‘ldik

Batafsil
Oʻzbekistonda 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilanadi
Yangiliklar

Oʻzbekistonda 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilanadi

Oʻzbekistonda “Xalqlar doʻstligi kuni” belgilanishi kutilmoqda.Bu haqda 2021-yilgi davlat dasturi loyihasida keltirilgan.Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi hamkorlikda tegishli qonun loyihasini ishlab chiqadi.Loyihada 30-iyul – Xalqaro doʻstlik kunini yurtimizda “Xalqlar doʻstligi kuni” deb belgilash nazarda tutiladi.

Batafsil
Sport – mardlik va salomatlik garovi
Yangiliklar

Sport – mardlik va salomatlik garovi

So‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendurman o‘sha!” shiori ostida joylarda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yigitlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlari o‘rtasida sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.“Sport – mardlik va salomatlik garovi” mavzusida tashkil etilgan do‘stlik musobaqasida ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka hamda arqon tortish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdi.Stol tennisi hamda shaxmat o‘yinlarida “Islom iqtisodiyoti va xalqaro m

Batafsil
“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi o‘quvlar boshlandi
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2021-yilning 18-yanvar kuni respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Ushbu malaka oshirish o‘quvlarida 108 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, bosh imom-xatiblarimizni yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy, iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilishdir.Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish, yoshlarda vatanga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, mehr-oqibat, bugungi kundan shukronalik, milliy va umuminsoni

Batafsil
Ayol salomatligi – jamiyat boyligi
Yangiliklar

Ayol salomatligi – jamiyat boyligi

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning salomatligi haqida qayg‘urish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin keng qamrov kasb etmoqda. Zero, ayol salomatligi — jamiyat boyligi. Shu bois xotin-qizlarning salomatligini asrab-avaylash katta ahamiyatga ega.Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarni sportga qiziqtirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sport tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov so‘z olib, talabalar orasida sport bilan shug‘ullanuvchi qizlarning safini orttirish kerakligi, bu orqali oilada xotirjamlik, o‘qish jarayoniga ijobiy ta’sir qilish, sog‘ tanda sog‘lom aql bilan ish ko‘rish haqida fikr bildirdi.Tadbirda so‘z olganlar sport bilan muntazam shug‘ullangan inson nafaqa

Batafsil
Ko'rinish