Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati
Joriy yilda farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz yil bo‘ladi. Ayni paytda mazkur bayram respublikamiz boʻylab koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham tashkil etildi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan Akademiya kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda Akademiya o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar Konstitutsiyaning qabul qilish jarayoni, demokratik davla