Hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov BMT Bolalar jamg‘armasi – UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda bolalar huquqlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, bunda BMT Bolalar jamg‘armasi – UNICEF bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning ahamiyati juda katta ekani, ayniqsa, hamkorlik dasturlarida bolalar va onalar farovonligini oshirish, barqaror taraqqiyot maqsadlari, xususan, bola salomatligi, ta’lim va bolalar himoyasiga qaratilgan maqsadlarga erishish borasidagi faoliyat e’tiborga molik ekanini ta’kidladi. S