O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi
Konstitutsiya, eng avvalo, har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligining rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzining huquqiy asoslarini belgilab beradigan asosiy qonun hisoblanadi.Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tantanali marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, yurtimizdagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari, turli diniy konfessiya vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.