Gʻalaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyi — talaba-yoshlarga xalqimizning o‘chmas jasorati haqida so‘ylaydi
Vatanparvarlik oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari poytaxtimizda bunyod etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududida “Shon-sharaf” davlat muzeyi bunyod etilgan.Bu maskan bugun xalqimizning eng sevimli go‘shalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yoshlarimiz Vatan ozodligi yo‘lida mardonavor kurash olib borgan ajdodlarimizning g‘alabani qo‘lga kiritishda ko‘rsatgan jasoratini yana bir bor yaqindan o‘rganadilar.“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardl
Batafsil
Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari yuqori sur’atlarda davom etyapti. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vatanimga xizmat qilaman!” mavzusida o‘tkazilgan navbatdagi bayram tadbiri ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi o‘qituvchilari, xodimlari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi o‘zgarishlarning tub mohiyati zamirida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga ona sarhadlarimiz himoyasiga daxldorlik, insonparvarlik, jamiyatga fidoiy inson bo‘lib yetishish kabi tuyg‘ular mujassam ekanini tadbirda so‘z olganlar yana bir bor ta’kidlashdi.Tadbir dav
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash komissiyasining veb-sahifasi ishga tushirildi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Davlat boshqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash komissiyasining veb-sahifasi (www.genkom.uz) ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.Ushbu loyiha Shvetsiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.Veb-sahifada siz komissiya faoliyati bilan tanishishingiz, komissiya tarkibi, komissiyaning turli xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar va davlat idoralari bilan hamkorligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu platformada siz O‘zbekistonda ayollarning huquqlarini ta’minlashning qonunchilik asoslari bo‘lgan muhim normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz komissiya tomonidan bajar
Batafsil
Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor Elchimiz talabalar bilan uchrashdi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining talabalar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulug‘bek Maqsudov bilan tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Samimiy suhbat davomida Ulug‘bek Maqsudov elchilik vazifasi, Saudiya Arabistoni hukumatining o‘z mamlakatida ta’lim, madaniyat, san’at, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borayotgan islohotlari, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Ulug‘bek Maqsudov ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi, o‘xshash madaniyatlari haqida fikr bildirib, yoshlarga tanlag
Batafsil
Fransiya davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchimiz talabalar davrasida
Bugun yurtimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, mamlakat hayoti, taqdiriga daxldor masalalarda yoshlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining Fransiya davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Jonli va qizg‘in muloqot davomida Sardor Rustamboyev elchilik vazifasi, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarga zamonaviy bilimlarni egallab, bilim cho‘qqilarini egallashdan to‘xtamasliklarini ta’kidlab o‘tdi.Samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchras
Batafsil
Vatanga xizmat qilish – oliy sadoqat!
Tinchlik, osoyishtalik hukm surgan joyda ezgu ishlar hamisha bardavom bo‘ladi. Bu hayotiy haqiqatni yurtimizda istiqlol yillarida barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, millatlararo totuvlik, hamjihatlik, olijanoblik va mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ular bugun ham har qachongidan-da yuksak cho‘qqiga ko‘tarilganida ko‘rish mumkin. Ushbu yutuqlar zamirida bugungi zamon talablari asosida shakllantirilgan Qurolli Kuchlarimizning ham alohida o‘rni bor. Chunki Milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati hisoblanadi.Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari joylarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham shu munosabat bilan “Vatanimga xizmat qilaman!” mavz
Batafsil
Munosiblik tuygʻusi – oliy mezon
Milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylandi.Shavkat MirziyoyevO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari “Vatanparvarlik” oyligi doirasida poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga sayohat qilishdi.Dastlab talabalar muzey oldida barpo etilgan sadoqat, jasurlik va martlik timsoli hisoblangan “Vatanga qasamyod” monumenti poyiga gul qo‘ydi.Poytaxtimizda barpo etilgan “Vatanga qasamyod” monumenti el-yurtimizning Vatan himoyachilariga chuqur hurmat-ehtiromi, muhabbatining ifodasidir. Bu go‘zal majmuada askar davlatimiz bayrog‘ini ko‘ziga surtib, Vatan himoyasi uchun doimo tayyorligini bildirib, tiz cho‘kib qasamyod qilayotir. Uning yelkasi uzra mard va jasur o‘g‘lonni bag‘rida avaylab o‘stirgan Vatan timsoli – munis va moʻtabar ona harbiy xizmatga otlangan farzandini duo qilib, unga o
Batafsil
Mangulikka daxldor vatanparvarlar
Navbatdagi sayohat “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga bo‘ldi.“Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.Sayohat davomida talabalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyida saqlanayotgan xalqimiz ozodligi uchun o‘z betakror iste’dodi, bilim va tajribasi bilan chinakam ma’naviy jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilishdi.Yurtimizda Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etganini ilmiy asoslash va uni keng targ‘ib qilish, tarixiy yutuqlarimiz, an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat ega.Talabalar muzeyda saqlanayotgan Amir Temur va temuriylar davri hamda tariximizga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar, arxeologik topilma va asori-atiqalar, noyob eksponatlar bilan tanishib chiqishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Vatan himoyasi — muqaddas burch!
Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi keng jamoatchilik hamda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Zero, yangi O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega mazkur nutq har bir yurtdoshimizning ertangi taqdiriga bevosita daxldor hisoblanadi.Davlatimiz rahbari tomonidan Murojaatnomada aytib o‘tilgan masalalarning mazmun-mohiyati, uning jamiyat rivojida tutgan o‘rnini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarga yetkazish dolzarb vazifa sanaladi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram shodiyonasi shukuhi hamda Yurtboshimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘g‘il-qizlarga tushuntirish maqsadida Akademiyaning “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda fakultet dekani Ashirali Abdirashidov
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!Muhtaram vatandoshlar!Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. Ta’kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz.Ishonchim komilki, ana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbai bor ekan, el-yurtimizning tinch va osoyishta hayoti, Vatanimiz musta
Batafsil
Vatanparvarlik oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.“Vatanimga xizmat qilaman!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilari, Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Vatanparvarlik oyligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbir avvalida Akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov so‘zga chiqib, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni b
Batafsil