Akademiyada turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
O‘zbekiston qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani sababli mazkur zaminda turizm sohasi taraqqiy etgan. Shu bois, bugungi kunda xalqimizning umrboqiy madaniyati, urf-odati, qadriyatlari, tarixiy obidalari va madaniy yodgorliklari bilan tanishish istagida bo‘lgan mahalliy hamda xorijlik sayyohlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-sentabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi islohotlarning tadrijiy davomi bo‘ldi. Mazkur yig‘ilishda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalan