Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda boshlangan malaka oshirish o‘quvlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori M.Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.Toshboyev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy N.Xoliqnazarov ishtirok etdi.