SO‘YLASIN AFROSIYOB-U, SO‘YLASIN O‘RXUN XATI... Turkiy tilli davlatlarning mushtarak falsafasi, madaniyati va aloqalari
ANJUMANDunyo tarixi, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning madaniyati va ma’rifati alohida o‘rin tutadi. Bu saltanatlarni boshqargan buyuk sulolalar davlatni haq va adolat bilan boshqarishga, ilm-fan, me’morlik, madaniyat va san’atni rivojlantirishga harakat qilgan.Turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi sanalgan O‘rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘otit-turk” asari va boshqa ko‘plab ma’naviy merosimiz ajdodlarimizning naqadar yuksak aql-zakovat, salohiyat va idrok sohibi bo‘lganidan darak beradi. Xalqlarimiz dahosi timsoli bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Dada Qo‘rqut”, “Manas”, “Edigey” singari qahramonlik eposlari asrlar osha insoniyatni mardlikka, vatanparvarlikka, olijanoblikka undab kelmoqda.Muqaddas zaminimizdan yetishib chiqqan Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Y