Akademiyada “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.Unda Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumani maktab o‘quvchilari, ularning ustozlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan mavzuga oid ijod namunalari asosida ko‘rgazma tashkil etildi.Marosim avvalida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohid