O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum hurmatli ustoz-murabbiylar, aziz talaba-yoshlar!Bugun ona Vatanimiz mustaqilligining shonli 31 yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” ulug‘vor shiori asosida keng nishonlanmoqda.Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni ham eng ulug‘ va eng aziz bayram – “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash borasidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman!Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar! Bugun xalqimiz ulug‘ maqsadlar – “Yangi O‘zbekiston” va “Sharq uchinchi Renessansi”ga tamal toshini qo‘yish g‘oyalarini o‘zaro hamohang tarzda hayotga tatbiq etmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning “Inson qadri uchun” tamoyili asosida izchillik bilan amalga oshirilayotgani har bir vatan