Toshkentda “Oʻzbekiston nodir qoʻlyozmalari” turkumidan faksimil nashrlar koʻrgazmasi oʻtkaziladi
Ekspozitsiyada Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar va shoirlar, buyuk mutafakkirlar asarlarining eng nodir namunalari oʻrin olgan.“Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi renessans poydevori» V xalqaro kongressi doirasida qadimiy qoʻlyozma – Mirzo Ulugʻbekning “As-Sufiy” qoʻlyozmasi faksimil nusxasi jamoatchilikka taqdim etiladi.Mazkur faksimil nusxa Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan Avstriyaning Mueller&Shindler nashriyot uyida chop etilgan. Shu munosabat bilan “Oʻzbekistonning nodir qoʻlyozmalari” koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Unda Oʻzbekistonda, umuman Markaziy Osiyo hududida yaratilgan eng nodir qoʻlyozmalar namoyish qilinadi. Koʻrgazmada “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasi tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlar namoyish etiladi.Mazkur loyiha doirasida dunyoning eng yirik kutubxonalari va
Batafsil
Eron Oʻzbekistonga Bobur qalamiga mansub asarning qadimiy qoʻlyozmasi nusxasini topshirdi
Oʻzbekiston elchisi Bahodir Abdullayev Eron fors tili va adabiyoti akademiyasi raisining oʻrinbosari Muhammad Rizo Nossiriy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.Uchrashuv davomida Eron vakillari Tehrondagi «Golestan saroyi» muzeyida saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub «Risolai aruz» (“Aruz risolasi”) asarining qadimiy qoʻlyozma kitobi nusxalarini topshirdi.Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotga koʻra, ushbu qoʻlyozmani koʻchirgan hattotning nomi aniq emas. U Hindistonda Bobur hukmronligi davrida koʻchirilgan va qoʻldan-qoʻlga oʻtib, Nasruddin Shoh Qojar (1848-1896) davrida Eron hududiga olib kelingan.Shundan soʻng asar «Golestan saroyi» muzeyiga topshirilgan va soʻnggi 150-yil davomida noyob qoʻlyozma ushbu muzeyda saqlanib kelinmoqda.“Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va sheʼriy asarlardagi koʻrinishlari, aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilm
Batafsil
Buyuk ajdodimizning durdona asari ilk bor ommaga taqdim etildi
9 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tarjima qilinib nashr ettirilgan 30-juzi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda markaz xodimlari, hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari, nufuzli ulamolar, diniy yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari talaba yoshlari hamda mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.Taqdimotning ochilishida soʻzga chiqqanlar Imom Moturudiy merosini oʻrganishning ahamiyati, alloma asarlarining bugungi kundagi ilmiy ahamiyati, ularni tadqiq etishning hozirgi holati va istiqboldagi vazifalar shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil toʻxtaldilar.Marosimning asosiy maʼruzachilari buyuk ajdo
Batafsil
Guliston shahrida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti o‘tkazildi
Guliston shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon huquqshunosi, Ustrushana – hozirgi Jizzax hududidan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Viloyat kasaba uyushmasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan anjumanda Sirdaryo Davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, faxriylar, mahalla faollari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.Taqdimotga tashrif buyurgan markaz matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, “Bola huquqlari kodeksi” asari tarjimoni va uni nashrga tayyorlagan olim M.Atayev hamda “Fan ziyosi” nashriyoti muharriri M.Polvonov mazkur asarning beqiyos ilmiy ahamiyati va uning bola huquqlari sohasida barcha huquqshunoslar hamda t
Batafsil
Akademiya talabasining she’rlari xorijda chop etildi
Turkiyada yurtimizning bir guruh ijodkorlarining she’r hamda adabiy maqolalari to‘plam shaklida chop etildi. Quvonarlisi, mazkur kitobda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sabina Xudoyqulovaning “Uyg‘onish”, “Jimjitlik”, “Isyon”, “Tong”, “Sizsizlik” kabi she’rlari ham o‘rin olgan.“Ata yurdun ruzgari” (“Ota yurt shamoli”) deb nomlangan antologiyada Vatan, ota-ona, san’at, insoniy tuyg‘ular, adabiy jarayonlar kabi mavzular qalamga olingan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi yosh ijodkorni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Sabina Xudoyqulovaga ijodiy barkamollik, o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qoladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Ezgulik va baxtga oshyon vatan
MunosabatOna Vatanimiz istiqlolining shonli 30 yilligini katta tantana bilan nishonladik. “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu da’vat, ulug‘ maqsadga yo‘g‘rilganshodiyonalar barchamizning qalbimizga g‘urur-iftixor bag‘ishlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Vatanimiz mustaqilligi — biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi” mavzusidagi nutqi yurtimizdagi yangilanish va yuksalishlarga muxtasar baho bo‘lib yangradi.Binobarin, mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi o‘zgarishlar xalqimiz hayotidagi farovonlik va tinchlik-totuvlikda namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, ilmiy-madaniy, diniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya sohalardagi tub islohotlar samarasi farzandlarimizning ilm-fan, kasb-hunar, sport va madaniyat jabhalaridagi muvaffaqiyatida o‘z isbotini topayotgani haqi
Batafsil1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalikka qabul qilingan yigit-qizlar uchun Akademiya rahbariyati tomonidan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, uchrashuvlar tashkil etilishi davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan birida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov hamda talabalar ishtirok etishdi.Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov so‘z olib, yoshlarga Akademiyada yoshlar bilan ishlashda o‘ziga xos yangiliklar, talabalik davomida yutuqlarga erishgan yoshlar haqida ma’lumot berdi. Talabalarga bilim olishdan to‘xtamay, o‘z ustilarida ishlashlari kerakligi, buning uchun Akademiyada barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
BatafsilAkademiyada yangi o‘quv yili boshlandi
Talabalik inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi 2021-2022-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Bobomurod Rustamov, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiya rektorining 2021-2022-o‘quv yili munosabati bilan talabalarga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdi.– Avvalo, barchangizni talabalik baxtiga sazovor b
Batafsil
Bayram tabrigi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining bayram tabrigiAssalomu alaykum hurmatli ustoz-murabbiylar, aziz talaba-yoshlar!Bugun yurtdoshlarimiz jondan aziz ona-Vatanimiz mustaqilligining shonli 30 yilligini “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” ulug‘vor shiori asosida keng nishonlamoqda.Fursatdan foydalanib Siz, azizlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Mustaqil Vatanimizning ozodligi, tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar!Mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, ahil jamoasi ham yurtimizda bunyodkorlik va jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy yuksalishida alohida o
Batafsil
Mustaqillik shodiyonalari yuqori kayfiyat o‘tdi
Mustaqillik bayrami xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi hisoblanadi. Har yili mazkur qutlug‘ sanani umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash an’anaga aylangan. Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayram tadbirlari yuqori kayfiyat va shukuhda o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari ishtirok etishdi.Tantanali tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, diniy-ma’rifiy, ta’lim sohalariga bo‘lgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham
Batafsil
Bir inson taqdiri o‘zgarishi, baxtiyor yashashiga hissa qo‘shish – ulkan saodat
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusini katta qiziqish, zo‘r hayajon bilan o‘qib chiqdim. So‘zlarga e’tibor qaratdim: eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “Vatan”, “xalq”, “Milliy manfaat”, “obodlik”, “Yangi O‘zbekiston”, “yoshlar”, “adolat”, “taraqqiyot” ekani mendagi hayrat va shukronalik hissini chandon oshirdi.Intervyuda so‘nggi 5 yil davomida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samarasi, erishilgan yutuqlar shunchalik samimiyat bilan kamtarona tushuntirib berilganki, sog‘lom fikrli har bir inson yuragiga, qalbiga yetib boradi. Ko‘z oldimizda ro‘y bergan, ammo ko‘pchiligimiz ilg‘amagan, tabiiy, shunday bo‘lishi kerakdek tuyulgan har bir yangilik, har bir tashabbus va o‘zgarishlar zamirida qanchalik matonat, uzoqni ko‘ra bilish va mavjud muammolarga ko‘z yummasdan, yechimiga jonfi
Batafsil
“Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari haqida
Zohidullo Munavvarov, siyosiy fanlar doktori, professor:– Bola huquqlariga doir “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardandir. U voyaga yetmagan bolalar huquqi bo‘yicha fiqhiy qo‘llanma bo‘lib, asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va musulmon dunyosi bo‘ylab keng tarqalgan. Musulmon olamida Imom Ustrushaniydan oldin ham, keyin ham bolalar huquqlariga taalluqli bunday mukammal fiqhiy asar yozilmagan. Mazkur asar XIX asr boshida Yevropada paydo bo‘lgan ilk huquqiy to‘plam – Fransuz fuqarolik kodeksidan olti asr avval dunyo yuzini ko‘rgan. Mazkur kodeksda bola huquqlariga oid muammolar atigi 5 ta moddadan iborat bo‘lsa, Ustrushaniy asarida bolaning ona qornida shakllanishi davridan boshlab, balog‘at yoshiga yetguniga qadar bo‘lgan huquqlari 1300 ga yaqin fatvolar shaklida 45 yo‘nalishga bo‘linib tavsif etilgan. Fatvolarda ko‘tarilgan muammolar va ularning ye
Batafsil