Akademiyada “Xalqaro psixologlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2000-yildan boshlab dunyo bo‘ylab 22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi. Ayni paytda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida sana munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu