Akademiyada “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi
Sir emaski, jamiyatning kelajagi, davlatning istiqboli, xalqning taraqqiyotini yoshlarga berilayotgan ta’lim va tarbiya bilan baholash mumkin. Tarixan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga milliy qadriyat, muhim burch sifatida qaraganlarida katta ma’no bor. Ana shu qadriyatni saqlab qolish, kelgusi avlodlarga yetkazish bizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.Taassufki, globallashuv jarayoni yoshlar ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ba’zi nosog‘lom kuchlar ertamiz egalariga mafkuraviy va ma’naviy sohada o‘z g‘oya hamda mafkuralarini singdirishga urinmoqda. Shu bois, farzand tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lish, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik talab etiladi. Bu holatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida nafaqat ota-onaning, balki ta’lim muassasalari vakillarining ham o‘rni katta. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalarining ota-