AYNUR TIMERXANOV: “O‘ZBEKISTONDAGI DINIY-MA’RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLAR E’TIROFGA MUNOSIB”
Xalqaro hamkorlikMa’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nafaqat yurtimiz balki, xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega oliy va ilmiy ta’lim muassasa sifatida tanilib bormoqda. Bunda ilm dargohining ilmiy salohiyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilmiy-ijodiy muhitning xalqaro andozalarga muvofiqligi albatta, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois bo‘lsa kerak, bugungi kunda Akademiyada 9 nafar taniqli xorijiy professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 31 nafar dunyoning turli davlatlaridan kelgan yosh ilm-u toliblar bilim olib, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.Bu o‘rinda yurtimiz yoshlarining ham islom dini va ulug‘ allomalar ilmiy-ma’naviy merosini fundamental jihatdan keng ilmiy o‘rganib, chuqur tadqiqotlar olib borayotgani, albatta, faxrlanarli. Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida o‘z taraqqiyotining yangi
Batafsil
Ayollar huquqlari qonun himoyasida
So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatning teng huquqli, faol a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Aynan shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ayollar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Akademiyaning Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim prokurori Sanobarxon Mansurova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova, Akademiya o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi. Mamlakatimiz siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotimizning
Batafsil
Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari “Islomshunoslik” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Islomshunoslik” fakulteti dekani Zokir Ro‘ziyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i D.Turdiyeva, “Islomshunoslik” fakulteti dekani o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvda talaba-yoshlarning o‘quv jarayonlariga moslashib olganliklari, o‘z iqtidorlarini namoyon etishda Akademiyada barcha sharoitlar yaratilgani, jumladan, tashkil etilgan to‘garaklarda faol ishtirok etishlari aytib o‘tildi.Shuningdek, o‘tkazilayotgan tanlovlarda qatnashib, yuqori marralarni qo‘lga kiritish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, ko‘proq kitob mutolaa qilish kabi ta
BatafsilAdiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi aks etgan tarixiy-badiiy film premyerasi o‘tkazildi
Mahmudxo‘ja Behbudiy – Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisidir. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda ma’rifatparvarning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. “BRAND PRO MEDIA” studiyasi tomonidan o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi haqida tarixiy-badiiy film namoyishi o‘tkazildi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Uchrashuvni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi I
Batafsil
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida XII asr oxiri va XIII asr birinchi yarmida Movarounnahrning Ustrushana vohasida tavallud topib, ustozi Burhoniddin Marg‘inoniyning ma’naviy xazinasidan chuqur bahramand bo‘lgan alloma, sharqning buyuk mutafakkiri, olim – Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning yangidan nashrga tayyorlangan “Jomi’ ahkom as-sig‘or”, ya’ni “Bola huquqlari kodeksi” asari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.– “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardan biri hisoblanadi, – deydi siyosiy fanlar doktori, professor Zohidullo Munavvarov. – Mazkur asar bola huquqlariga doi
Batafsil
Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi vakillari Akademiyada mehmon bo‘ldi
Ayni paytda mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi bilan hamkorlikda “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur yirik anjuman davomida “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolari, ziyorat maskanlariga sayohat tashkil etilmoqda.Ana shunday tashriflardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazildi. “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari Akademiyada mehmon bo‘lishdi. Uchrashuvda Akademiya rahbariyati hamda mehmonlar ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiyada talabalarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi aloqalar
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi. Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ixtisosliklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:№Ixtisoslik shifri va nomi2022-yil uchun ajratilgan kvotalar soniTayanch doktoranturaтураDoktorantura Stajor-tadqiqotchilik1.07.00.04 – Dinshunoslik3- 1 2. 19.00.07 – Din psixologiyasi 2 - 2 3. 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi 4 - 1 4. 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik. 6 1 1 5. 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot. 6 - 1 6. 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manba
Batafsil
21-sentabr – xalqaro tinchlik kuni
BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981-yil Xalqaro tinchlik kuni ta'sis etilgan va 2001-yil 7-sentabrdagi tegishli rezolyutsiyasiga ko'ra 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.Shu kuni dunyodagi barcha xalqlar va davlatlarga o't ochish va zo'ravonlikni to'xtatish, kun davomida qurolli harakatlarga yo'l qo'ymaslik, insonlarga tinchlik va barqarorlikning ahamiyatini turli ma'rifiy tadbirlar vositasida tushuntirish tavsiya etiladi.
Batafsil
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli maqolalar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.Mustaqillik bayrami arafasida turli sohada faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblarning maqolalari chop etilgan uchinchi kitob nashrdan chiqarildi. Ayni paytda joylarda mazkur kitobning taqdimotlari o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etgan tadbirni “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdi
Batafsil
Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Akademiyada mehmon bo‘ldi
Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ibrohim Aydinli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Akademiya rahbariyati, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, Akademiyada talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotganligi, bu o‘zgarishlarni ta’lim sohasida ham ko‘rish mumkinligini ta’kidladi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro darajadagi hamkorliklari talabalarni malakali kadr sifatida kamol topishiga xizmat qilishini qayd etdi.Uchrashuvda Anqara Yild
Batafsil
Xivada UNESCO shafeligida xalqaro madaniyat forumi boʻlib oʻtmoqda
Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur nufuzli anjuman YUNESKO shafeligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning 75-sessiyasidagi taklifiga binoan tashkil etilmoqda. Bunday tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan forumning YUNESKO shafeligida oʻtkazilishi boy madaniy tariximizni ochib berishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur madaniyat forumi iqlim oʻzgarishi, Covid-19 Pandemiyasi tufayli mintaqaning barqaror rivojlanishiga olib keladigan tahdidlar va qiyinchiliklarni oʻrganishga hamda boy madaniy merosning ushbu muammolarga yechim izlashga qoʻshgan hissasini oʻrganishga va bir qator masalalar muhokamasiga bagʻishlanadi.Madaniyat forumida YUNESKO, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, ISESKO, IKKROM, YUNVTO,Yevropa Ittifoqi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, T
Batafsil
“Taʼvilot Al-Qurʼon” endi sodda va ravon tilda
Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib tuhfa boʻlgan koʻplab ezgu ishlar istiqlolning naqadar buyuk neʼmat ekanini chuqur anglashimizda muhim omil boʻlayotgani bilan ahamiyatli. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan oʻzbek tilidagi “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining dastlabki 30-juzi dunyo yuzini koʻrgani ham ming-minglab yurtdoshlarimizda bugungi kunlarga shukronalik hissini oshiradi. Zero, bir paytlar asarlari u yoqda tursin, oʻzlari haqida ham durustroq maʼlumotga ega boʻlmaganimiz — Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning noyob asarlarini bugun emin-erkin oʻrganishga haqlimiz.Prezidentimiz tashabbusi bilan ilmiy qimmati baland, moturidiylik taʼlimotining asosi boʻlgan “Taʼvilot al-Qurʼon” asari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchi olimlari tomonidan tarjima qilindi. Asar oʻzida hanafiylik, ahli sunna val jamoaning butun aqi
Batafsil