“Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ajdodlarimiz tafakkuri bilan qadimgi toshyozuv va bitiklar, ming-minglab qo‘lyozmalar, turli sohalarga oid fundamental asarlar yaratilgan. Mazkur sarhaddan jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, islomiy ilmlarda ham jahonga dong taratgan buyuk allomalar kamol topgan.Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari ana shunday buyuk va moʻtabar zotlarning hayotlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mintaqa xalqlari tarixi, madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari, alloma va olimlar hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning merosini tadqiq etish muhim vazifa sanaladi. So‘nggi yillarda o‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaziy Osiyoda islom s
Batafsil
“Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga marhamat!
TAKLIFNOMASizni IRCICA xalqaro tashkiloti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.Konferensiya 2021-yil 14-oktabr soat 14.00 da boshlanadi.Konferensiya ZOOM platformasida bo‘lib o‘tadi.Quyidagi link orqali ZOOM dasturiga ulanishingiz mumkin:https://us02web.zoom.us/j/82038540384?pwd=THRoQ2N6TDVJWW5ueS84RTIwMXZzdz09 Identifikator: 820 3854 0384Parol: 839919ANJUMAN DASTURIKIRISH SO‘ZI:14.00 - 14.05 Shoazim Minovarov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori14.05 - 14.10 Mahmud Erol Qilich,IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi Bosh direktori, professor14.10 - 1
BatafsilAkademiya o‘qituvchisi nufuzli tanlovda g‘olib bo‘ldi
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda ijodkorlik muhitini yaratish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili respublika miqyosida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkaziladi. Quvonarlisi shuki, mazkur tanlovning joriy yilgi respublika bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Zebo Qosimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Zebo Qosimovaning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. O‘zb
Batafsil11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI
BMT Bosh assambleyasi tomonidan butun dunyoda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida 2011-yildan buyon 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida nishonladi. BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etilgan.Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar bo‘limi rahbari Sayyora Chinniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda ayollar masalasi, ularning salomatligi
BatafsilIslom taraqqiyot banki: hamkorlik yangi bosqichda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2019-yil 6-aprel sanasida Memorandum imzolangan bo‘lsa, joriy yilning 4-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Islom taraqqiyot bankining loyiha koordinatori Nedal Ali, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Husan Hasanov hamda Akademiya vakillari ishtirok etishdi. Onlayn muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning ayn
Batafsil
Korrupsiya — taraqqiyotga to‘siq
Jamiyat rivoji yo‘lida to‘siq bo‘luvchi illatlardan biri bu — korrupsiyadir. Ushbu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Davlatning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizga yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017 yil 2 fevralda “Korrupsiyaga qarshi kurashish
Batafsil
“Islom tafakkuri” jurnalining navbatdagi soni nashr etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom tafakkuri” ilmiy-ma’rifiy, diniy-madaniy, axborot nashrining 3-soni nashr etildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muassisligidagi “Islom tafakkuri” jurnali islom dinining asl mohiyatini anglatish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, ulamolar va ilohiyotchi olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni yoritishga xizmat qiladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov bosh muharrirligida o‘zbek, ingliz, rus va arab tillarida nashr etiladigan jurnalning 3-sonida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda olimlari tomonidan sohaga doir muhim ilmiy tadqiqotlari, taklif va tavsiyalar, dolzarb mavzudagi maqolalari o‘rin olgan.Jurnal 124 sahifadan iborat bo‘lib, “Manbashunoslik va tilshunosli
Batafsil1-OKTABR – “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va aziz hamkasblar!Sizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.Ustoz degan sharafli nomga munosib bo‘lish, o‘qituvchi kasbini ulug‘lab, kelajak avlodni barkamol voyaga yetkazish ulug‘ saodat. Zero, ustoz-muallimning mehnati bilan davlat va jamiyat taraqqiy etadi, olam ezgulikka, ilm-ma’rifat, ziyoga chulg‘anadi. Donishmand xalqimiz hamisha ustoz-muallimga o‘zgacha hurmat va e’tiborda bo‘lib keladi. Buni mutafakkir shoir Alisher Navoiyning quyidagi bayti ham tasdiqlaydi:Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.Darhaqiqat, olimu-ulamolar, ustoz-murabbiylar mehnatini ulug‘lash kishini kamolotga, baxt va yorug‘ istiqbolga eltishi aniq. Bugungi kunda ham yurtimizda ta’lim tizimi islohotlariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu albatta, il
Batafsil
Akademiyada “Mehnati elda aziz ustozim!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Ustozlik – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. U har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘”, degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir.Darhaqiqat, jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda.Jumladan, yurtimizda har yili 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab bayram tan
Batafsil
Rossiya Islom instituti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda
So‘nggi yillarda islom dinining asl mohiyati, butun dunyo sivilizatsiyasi rivojiga tamal toshini qo‘ygan ulug‘ mutafakkirlarning bebaho ma’naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish, xalqaro darajadagi zamonaviy mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotir.Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib boryapti. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va bir guruh olimlarimizning Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi xizmat safarlari davomida ana shu jarayonlar aks etmoqda.Soha rivojiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvlardan biri Rossiya Islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor, Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Rafi
BatafsilOʻzbekistonlik olimlar Bolgar islom akademiyasi talabalariga islom ilmlaridan “Mahorat darsi” oʻtdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasida “Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.Butun MDH va Sharq musulmon davlatlarining islomshunoslik yo‘nalishi oliy ta’lim va yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari olim va yosh ilmiy tadqiqotchilari jam bo‘lgan mazkur nufuzli anjumanda dunyo nigohini tortib turgan dolzarb muammo va masalalarga ham e’tibor qaratilmoqda. Zero, butun dunyoni tashvishga solayotgan diniy ekstremizm, separatizm, terrorizm kabi illatlar kuchayib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinining haqiqiy ilm-ma’rifat, ma’naviyat va ezgulikka yo‘g‘rilganini isbotlash, undan o‘z g‘arazli maqsadda foydalanmoqchi bo‘lgan qora kuchlarga ma’rifat bilan munosib javob qaytarish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.Shu nuqtai n
Batafsil
AKADEMIYA REKTORI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Rossiya Federatsiyasidagi Bolgar islom akademiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Bugun yurtimiz olimlari Bolgar islom akademiyasida 23-25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va uning Tatariston Respublikasidagi boshqarmasi, Ilmiy va ta’limiy ilohiyot birlashmasi (NOTA), Islom madaniyati, ilm-fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada islom olamidagi 30 dan ortiq nufuzli davlat tashkilotlari hamda 200ga yaqin taniqli
Batafsil