Xalqaro kuzatuvchi Akademiya faoliyati bilan tanishdi
Saylov – 2021Mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tishi arafasida. 24-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov kuni. Ushbu siyosiy tadbir nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham katta siyosiy voqea hisoblanadi. Shu bois mazkur saylov jarayonlarining namunali tashkil etilishi va o‘tkazilishini xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu kunlarda saylov oldidan mehmonlar uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolar, ziyorat maskanlari, oliy ta’lim muassasalariga sayohat tashkil etilmoqda. Xususan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Malayziya Milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima Fariza MD Sham xonim Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamrohligida O‘zbekiston xa
Batafsil21-OKTABR – “O‘ZBEK TILI BAYRAMI” MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING TABRIGI
Assalomu alaykum, hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talaba-yoshlar!1989-yil 21-oktabr — “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun sifatida O‘zbekiston Respublikasi tarixida muhim sana. Negaki, ona Vatanimiz mustaqilligining qo‘lga kiritilishida ushbu huquqiy hujjatning ahamiyat beqiyos. Zero, o‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi xalqimizning o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi muhim odim bo‘lganini katta avlod yaxshi eslaydi. Shu bois, Siz-azizlarni bugungi “O‘zbek tili bayrami” kuni bilan chin qalbdan tabriklayman. Qadim va betakror ona tilimizning qadri yanada yuksalib, O‘zbekiston nomi tenglar ichra teng bo‘lib, dunyoga tanilaversin!Aziz Vatandoshlar!O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘z
Batafsil
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Qadrli vatandoshlar!Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Albatta, keyingi yillarda mamlakatimizda yangicha ruhda keng nishonlanayotgan bu bayramning alohida fayzi va shukuhi borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu qutlug‘ sanada milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimizning tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, uni rivojlantirish borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni yanada chuqur his etamiz.Aziz do‘stlar!So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan xabardorsiz. Buning tasdig‘ini o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmo
Batafsil
Til — millat ko‘zgusi
Ona tili har bir xalqning o‘zligi, milliy qadriyati, o‘tmishi va kelajagini o‘zida ifoda etadi. Uni e’zozlagan xalq o‘zligi, g‘ururi, borlig‘i, birligini asrab-avaylagan bo‘ladi. Millatning bosh belgisi ham ona tilidir.21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusidagi ma’rifiy tadbirda professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirda so‘z olganlar inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas boʻlsa, ona tili ham shunchalik aziz ekani, hat
BatafsilSen millat g‘ururisan — ona tilim
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuniO‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab ona tili rivoji, uni xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sofligini saqlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida “Sen millat g‘ururisan — ona tilim” mavzusida tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.Davlat madhiyamiz bilan boshlangan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan Akademik litsey o‘quvchilari tomonid
Batafsil
Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi ochildi
Samarqand shahri kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-apreldagi qaroriga asosan Behbudiy tavalludining 145-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulugʻ maʼrifatparvar, noshir, jurnalistning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar, oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari gazeta va jurnallar kabi qator ashyolar mavjud.— Bu binoda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali chop etilgan, — deydi Samarqand davlat chet tillar instituti oʻqituvchisi Dilafroʻz Rahmatova. - Shuningdek, «Padarkush» dramasi ham ilk bor shu bino hovlisida sahnalashtirilgan.Muzeydan shuningdek, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar nusxal
Batafsil
Ajdodlarim faxrlangan ona tilim
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniO‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot davri juda qadimiy. Chunki tilimiz rivojlanish davri eramizdan avvalgi davrlarga borib taqaladigan va bugungi kunda o‘ttizdan ortiq tilni o‘z ichiga olgan turkiy tillar oilasiga kiruvchi tildir. Faxr bilan aytishimiz mumkinki, turkiy tilda yozilgan, bizga qadar saqlanib qolgan eng ko‘hna yodgorliklarimizni ham tushuna olamiz. Ulardagi ko‘pgina so‘zlarning aynanligicha saqlanib qolgani va hozir ham umumiste’molda foydalanilayotgani buning sababi, desak yanglishmaymiz. Masalan, xalqimizning sevimli yozuvchilaridan biri Pirimqul Qodirovning «Til va el» asarida bizgacha to‘liq holda yetib kelmagan «Alp Er To‘ng‘a» dostoni haqida fikr bildirilib, Alp Er To‘ng‘a tilidan aytilgan quyidagi misralar keltiriladi:Bilikni yugarman,Ko‘ngilni tugarman.Ulug‘ni tilarman,Tilakni bo‘larman.Bundan ikki yarim ming yil oldin bitilgan ushb
Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror kabi buyuk va moʻtabar zotlarning hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan bu allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish xalqaro markazi hamda O‘zbekiston xalqaro
Batafsil
Yoshlar – kelajak bunyodkori
Mamlakatimizda yoshlar siyosatiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan yigit-qizlarning mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasi hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi uchun tizimli ishlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbir Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish hamda bitiruvchilarni o‘z vaqtida ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbe
Batafsil
Millatlararo va dinlararo munosabatlarda O‘zbekiston tajribasi
Yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quvonarlisi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash uchun barcha huquqiy asos hamda zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, har yili mamlakatimizda 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni keng miqyosda nishonlanib, turli diniy konfessiya vakillari, xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar mas’ullari ishtirokida turli seminar, ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Millatlararo va dinlararo munosabatlarda O‘zbekiston tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din
Batafsil
SAMARQAND JAMOATCHILIGIGA IKKI NODIR ASAR TAQDIM ETILDI
Joriy yil 14-oktabrda Samarqand shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asarini 30-juzi hamda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon huquqshunosi, Ustrushana — hozirgi Jizzaxdan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomiʼ ahkom as-sigʻor” (Bola huquqlari kodeksi) asarlarining oʻzbek tilidagi ilk nashri taqdimotlariga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.Unda Markaz va Xalqaro islom akademiyasi olimlari, Samarqand viloyati oliy oʻquv yurtlari talaba va oʻqituvchilari, viloyat yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, mahallalar faollari, olimlar, imom-xatiblar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.Tadbir ochilishida soʻzga chiqqan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov jamoatchilik
Batafsil
Saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘z kelajaging uchun ovoz ber!” mavzusida saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya o‘qituvchilari va xodimlari, saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar, Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiyligi haqida ma’lumot berildi.Saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egaligi, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy v
Batafsil