O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi fors tili bo‘yicha o‘quv kurslari ochilganini e’lon qiladi!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida fors tili bo‘yicha o‘quv kurslari ochildi. – Kurslar 3 oy mobaynida tashkil etiladi;– darslar davomida fors tilida yozish, eshitish, o‘qish va gapirish ko‘nikmalari shakllantiriladi.Manzil: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.Murojaat uchun telefon: (97)-333-13-21
Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari boshlandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz Sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.Mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida tayanch doktoranturaga 45 nafar (2 nafar xorijiy), doktoranturaga 1 nafar va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga 24 nafar va stajyor-tadqiqotchilikka 9 ta talabgor hujjat topshirgan bo‘lib, ular joriy yilning 1-15-noyabr kunlari belgilangan taqvim
Batafsil
Rasmiy xabar!!!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 30-oktabrdagi 3-sonli Kengashi qaroriga asosan:2021/2022 - o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha tarzda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt miqdorlarining 2 barobari) asosida talabalikka kirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi!Arizalarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo'limiga topshirishingiz so'raladi. Arizalar belgilangan tartib va kvota asosida ko'rib chiqiladi.Eslatma: Arizalar asosida to‘lovni amalga oshirishning so‘ng
Batafsil
Ziyorat turizmi bo‘yicha mahorat darslari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlari boshlandi.Dastlab Ziyorat turizmi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darslarini Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib borishdi.Soha vakillarining ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari va ularning tasnifi, turli din vakillari bilan ishlash xususiyatlari, ziyorat odoblari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va kasbiy kompetentligini oshirish kabi muhim jihatlar maxsus seminar-trening bosh maqsadi ekanligi tashkilotchilar tomonidan ma’lum qilindi.Oktabr-dekabr oylarida o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan mahorat darslarining ilk kuni “O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik yutuqlari” hamda “Ziyorat odobi, tartibi va marosimlari” mavzularida bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston xalqaro islom aka
Batafsil
"Manbalar xazinasi"ga sayohat
Movarounnahrda yetishgan olimlar butun Sharq musulmon dunyosining ilmiy-ijtimoiy hayotiga muntazam ta’sir o‘tkazib, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlari bilan tanilganlar. Ming afsuski asarlarning ko‘pchiligi bugungi kunimizgacha yetib kelmagan. Yetib kelganlarini asrab kelajak avlodga yetkazish barchaning zimmasidagi vazifadir. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida yigirma yildan beri “Manbalar xazinasi” bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Bo‘limda bir qator taniqli olimlar va tadqiqotchilar, jumladan, tarix fanlari doktori professor Ubaydulla Uvatov, mashhur xattot Habibulla Solih, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy o‘rinbosari Abdulaziz Mansur va boshqa bir qator taniqli olimlar samarali faoliyat yuritgan. Jumladan, 2004-yilda xattot Habibulla Solih tomonidan Toshkentdagi “Usmon Musʼhafi” hamda “Langar Qur’oni”ning ko‘chirilgan nusxalari hanuzgacha akademiyaga tashrif buyura
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayyorlov va o‘quv kurslariga taklif etadi
O‘quv kurslari: arab tili, ingliz tili, turk tili, fors tili hamda rus tili.Tayyorlov kurslari: ingliz tili, tarix, ona tili va adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat asoslari.O‘quv kurslariga qabul qilish tartibi:– ta’lim berish xizmati pullik bo‘lib, har bir tinglovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng o‘quv kurslariga qabul qilinadi;– tayyorlov kurslariga o‘rta ma’lumotli yoshlar va umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi.Ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:– pasport nusxasi;– ma’lumoti haqida guvohnoma;– 2 ta rasm.Eslatib o‘tamiz, hujjat topshirish jarayonida ushbu hujjatlarning asl nusxasi ko‘rsatilishi shart.O‘quv kursi 3 oy, tayyorlov kurslari 6 oy davom etadi. O‘quv kurslarida darslar haftasiga 3 marta, tayyorlov kurslarida esa har bir fan bo‘yicha darslar haftasiga 2 marta bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent
Batafsil
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi
So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Talabalarning ilmiy salohiyatini orttirishi maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli konferensiya va seminarlar, mahorat darslari tashkil etilyapti.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan “Xitoy iqtisodiy siyosatining evolyutsiyasi” mavzusidagi mahorat darsi shu maqsadda o‘tkazildi. Unda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Inna Andronova, iqtisod fanlari nomzodi Darya Sokolan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyo
Batafsil
O‘zbek tili: kecha va buguni
Ta’kidlash joizki, ona tili davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, tarixini ifodalovchi vosita hisoblanadi. Dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli, bebaho ma’naviy boylik hamda buyuk qadriyatimizga aylangan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning tasdig‘ini o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.Zero, hazrat Alisher Navoiy “Til – chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamdir”, deya ta’rif beradi. Xalqimiz orasida “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan maqol ham bejiz
Batafsil
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi
2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.Markaziy saylov komissiyasi
BatafsilOzarbayjonlik xalqaro kuzatuvchi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Saylov - 2021Bugun 24-oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu siyosiy tadbir nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham katta siyosiy voqea hisoblanadi. Shu bois mazkur saylov jarayonlarining namunali tashkil etilishi va o‘tkazilishini xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zosi Javanshir Pashazade O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Mehmonni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov samimiy kutib oldi. Dastlab xalqaro kuzatuvchiga “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbos
Batafsil
Akademiya professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Batafsil
Yaponiyalik professor Akademiyada mehmon bo‘ldi
Saylov – 2021O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti professori Manabu Shimizu tashrif buyurdi.Mehmonni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani A.Abdirashidov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri O.Astanaqulov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Sobirov samimiy kutib oldi.Jahonda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishni istagan professor Manabu Shimizu dastlab akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbosma asarlar, bo‘lim faoliyati, ilmiy xodimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan qiziqdi.Shundan so‘ng, taniqli olim bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hozirgi globallashuv
Batafsil