O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Malaka oshirish tinglovchilariga sertifikat topshirildi
Yangiliklar

Malaka oshirish tinglovchilariga sertifikat topshirildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondon o‘rinbosarlari hamda harbiy qismlar muassasalari rahbar o‘rinbosarlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida ikki haftalik navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakuniga yetdi.Joriy yilning 1-13-noyabr kunlari o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quvlarida jami 40 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etgan bo‘lib, ofitserlarning ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, yurtimiz tinchligini asrash, dinning tinchlikparvarlik, insonparvarlik kabi asl maqsadlarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga tushuntirishda soha vakillarining faolligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari interfaol pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng tingl

Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi
Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari yakunlandi.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz Sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati hamda ushbu masalalarni chet tilida bayon qilish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiM

Batafsil
Mir Arab madrasasi tashkil etilganiga 500 yil: o‘tmish va bugun
Yangiliklar

Mir Arab madrasasi tashkil etilganiga 500 yil: o‘tmish va bugun

Buxoro asrlar davomida o‘zining boy ilmiy merosi, islom ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, madrasalari, ta’lim tizimi bilan Islom dunyosida katta shuhrat qozongani, Mir Arab Buxoroning dunyoga dong taratgan madrasalaridan biridir shubhasiz.Ana shu ma’noda joriy yil 11-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda “Mir Arab madrasasi tashkil etilganiga 500 yil: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro onlayn videokonferensiya o‘tkazildi.Anjumanda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlari muftiylari hamda 50 ga yaqin taniqli ulamolar, islomshunos-dinshunos olimlar, turli ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari h

Batafsil
15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi
Yangiliklar

15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi

Joriy yil 15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 1997-yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” tashkil etiladi.“Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stl

Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari davom etmoqda
Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati hamda ushbu masalalarni chet tilida bayon qilish qobiliyati sinovdan o‘tkazilyapti.Xususan, bugungi imtihonlarda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan talabgorlar o‘z ixtisosliklari doirasida ilmiy faoliyat olib borish maqsadida suhbatdan o‘tmoqda.Doktoranturaga kirish imtihonlari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Yurt istiqboli va taraqqiyoti yoshlar kamolotida
Yangiliklar

Yurt istiqboli va taraqqiyoti yoshlar kamolotida

Mamlakatimiz erishayotgan barcha yutuqlar zamirida, eng avvalo, jamiyatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, totuvlik muhim o‘rin tutadi. Zero, hech bir qo‘rquv yoki tahdidlarsiz mehnat va ilm-fan, ma’rifat hamda ezguliklar ichra faoliyat yuritish kishiga quvonch va baxt berishi tabiiy. Shu ma’noda, yurtdoshlarimiz o‘rtasida ahil-inoqlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifatni qaror toptirishga hissa qo‘shadigan diniy-ma’rifiy sohaga ham so‘nggi yillarda yanada katta e’tibor berilayotir. Binobarin, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini chuqur o‘rganish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ma’lumki, bugun dunyoning turli burchaklarida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechy

Batafsil
Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq
Yangiliklar

Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq

Davlat va jamiyatning rivoji, xalqning adolatli turmush tarziga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf bu korrupsiya hisoblanadi. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazib, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Yurtimizda mazkur illatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.2017-yil 4-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirgan bo‘lsa, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Islohotlar uzviy davom etib, 2019-yilning 27-may sanasida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani esa bu yo‘ldagi muhim qad

Batafsil
Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Akademiyaga tashrif buyurdi
Yangiliklar

Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Akademiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. Tashrif davomida nufuzli mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy-pedagogik faoliyati, talaba hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov nufuzli mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari kengayib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart so‘z olib, samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.Suhbat davomida Mixael Linxart O‘zbekistonga tashrifi, mamlakatimizda

Batafsil
Seminar darslari davom etmoqda
Yangiliklar

Seminar darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun seminar-trening darslari tashkil etilmoqda.Navbatdagi mahorat darsi “Toshkent shahri va viloyatlardagi ziyorat obyektlar logistikasi, ularni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari” hamda “Turpaketlarni ziyoratgohlar xususiyati va ziyoratchilarning diniy qarashlariga muvofiq tashkil etish” mavzulariga bag‘ishlandi. Seminar mashg‘ulotlarini “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib borishdi. Mahorat darsida yurtimiz, xususan, Toshkent shahri va viloyatlardagi qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar, tarixiy va madaniy yodgorliklar haqida ma’lumot berildi. Turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanish hamda yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi “Yil ayoli” milliy tanlovi g‘olibasiga aylandi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi “Yil ayoli” milliy tanlovi g‘olibasiga aylandi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. So‘nggi yillar mobaynida bu borada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, yurtimiz rivojiga ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oila va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ra’no Urazova mazkur tanlovning tuman bosqichida faol ishtirok etib, “Yilning eng faol olima ayoli” deb e’tirof etil

Batafsil
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MILLIY REYTINGLARDA YUQORI O‘RINDA
Yangiliklar

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MILLIY REYTINGLARDA YUQORI O‘RINDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy salohiyati reytingida — 4-o‘rinni, Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingida — 5-o‘rinni, Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi yetakchi o‘ntaligida 7-o‘rinni egalladi.Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingi Yetakchi o‘rinlarda:🔹 Toshkent moliya instituti🔹 O‘zbekiston milliy universiteti🔹 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti🔹 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi🔹Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti🔹 Samarqand davlat universiteti.So‘nggi o‘rinlarda: 🔻 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti🔻 Samarqand davlat chet tillar instituti🔻 O‘zbekiston davla

Batafsil
Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari
Yangiliklar

Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari

Dunyo tamaddunining bugungi bosqichini globallashuv jarayonlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Globallashuv turli sohalarda taraqqiyot sur’atlarini o‘sishida muhim omil hisoblanib, uning ilm-fan rivoji, axborot almashinuvidagi o‘rnini biror vosita bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Ammo qadriyatlar masalasi, inson insonni anglashi, e’tiqod va din borasidagi tushunmovchiliklar mavjudligi, dunyoning ayrim mintaqalaridagi keskin diniy vaziyatlar, milliy va diniy nizolarni hal etishdagi muammolar uchrayotgani achinarli hol.Globallashuv davrida yoshlarning ongi va mafkuraviy bo‘shlig‘ini dinimizga yot bo‘lgan g‘oyalar egallab borayotgani kuzatilmoqda. Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish – barkamol avlod tarbiyasining muhim omili sanaladi. Ayniqsa, tezkor axborot asrida dinni niqob qilib olgan siyosiy kuchlar, missionerlik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyal

Batafsil
Ko'rinish