O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Mahorat darslari davom etmoqda
Yangiliklar

Mahorat darslari davom etmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-trening darslari davom etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi mashg‘ulotlar “Islom sivilizatsiyasida me’morchilik taraqqiyoti” hamda “Me’moriy obidalar epigrafikasi” mavzularida bo‘lib o‘tdi.Seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, sharqshunos, manbashunos olim Komiljon Rahimov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, islomshunoslik fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) Avazbek G‘aniyevlar tomonidan olib borildi.Seminarda Islom sivilizatsiyasi tarixida me’morchilik taraqqiyoti va ahamiyati, me’morchilik obidalarining turlari, islom sivilizatsiyasining turli xil mi

Batafsil
Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida diniy ta’lim muassasalari va sohaga taalluqli ilmiy-tadqiqot markazlarining o‘quv-uslubiy, ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ilmiy-uslubiy kengashining 2-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlisda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedralarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga biriktirish, oliy diniy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, oliy va o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik usullarni tatbiq etish, Imom Moturidiy xalqaro markazining 2021-yilgi faoliyati sarhisobi kabi masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Majlis davomida diniy ta’lim sohasini an’anaviy uslublarni saqlagan holda zamonaviy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, respublikada Oliy ta’li

Batafsil
YXHT maxsus vakili diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni e’tirof etdi
Yangiliklar

YXHT maxsus vakili diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni e’tirof etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining amaldagi raisining musulmonlarga nisbatan murosasizlik va diskriminatsiya bo‘yicha shaxsiy vakili Mehmet Pachadji boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mehmon bo‘lishdi.Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Noislomiy konfessiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Behzod Qodirov, Akademiya prorektorlari Zohidjon Islomov, Bahrom Mamadiyev va boshqalar ishtirok etdi.Samimiy muloqot avvalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov mehmonlarni Akademiyaga tashrif buyurganliklari bilan tabriklab, Akademiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan hamkorlik

Batafsil
O‘zligimiz, kuch-qudratimiz timsoli
Yangiliklar

O‘zligimiz, kuch-qudratimiz timsoli

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUNShayx Najmiddin Kubro yurt bayrog‘ini yov qo‘liga topshirishni istamay, uni mahkam tutgancha jon bergandi. Amir Temur zamonida esa, bayroqni pastga tutish yoki sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bayroq tushirilishi mag‘lubiyat va chekinish ishorasi bo‘lgan. “Temur tuzuklari”da ta’kidlanishicha, dushman ustidan g‘alaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari – tug‘ va nog‘ora in’om qilingan. Bu Sohibqiron davlatida saltanat ramzlari nechog‘li baland maqom tutgani va muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etganidan dalolatdir. Davlat ramzlari azaldan ota-bobolarimiz tomonidan ana shunday muqaddas timsol sifatida hamisha ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab kelingan. Xalqqa kuch baxsh etgan tug‘ bahodirlarga, mard o‘g‘lonlarga ishonib topshirilgan. O‘zbekiston davlat bayrog‘i

Batafsil
Bayrog‘im – faxrim, g‘ururimsan!
Yangiliklar

Bayrog‘im – faxrim, g‘ururimsan!

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli sanaladi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu bois, bayroq yoki gerbimizga nazar solganimizda, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azm-u shijoatimiz oshganini his etamiz.Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.Sana munosabati bilan respublikamizning turli hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro

Batafsil
BAGʻRIKENGLIK – TOTUVLIK VA TARAQQIYOT GAROVI
Yangiliklar

BAGʻRIKENGLIK – TOTUVLIK VA TARAQQIYOT GAROVI

16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni1995-yil 16-noyabrda UNESCO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida “Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya qabul qilinib, ushbu sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida dunyo xalqlari tomonidan keng nishonlab kelinadi. Boisi, bag‘rikenglik — tinchlik va totuvlik, taraqqiyot asosi.Mamlakatimizda ham o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va inoqlik hamisha qadrlanib kelinadi. Zero, nafaqat oilalar balki, kengroq miqyosda davlat va mamlakatlar orasidagi yaqin hamkorlik va do‘stona munosabatlar har qanday nifoqqa chek qo‘yadi. Mushtarak maqsadlar esa, elni, yurtni taraqqiyotga, farovonlikka boshlaydi. Shu ma’noda, 16-noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” ko‘pmillatli yurtimizda an’anaviy ravishda keng nishonlanib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlandi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlandi

2021-2022 o‘quv yilidagi fan dasturlari asosida professor-o‘qituvchi va talabalar ehtiyojlari bo‘yicha 18 nomda 554 nusxadagi (2 nomda 70 nusxada darslik, 16 nomda 484 nusxada o‘quv qo‘llanma) o‘quv adabiyoti O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti tomonidan chop etilib, Akademiya ARM fondiga yetkazib berildi. Barcha ustoz va talabalar ARM o‘quv zalida quyidagi yangi nashrlar bilan tanishishlari mumkin:№Adabiyotlar ro‘yxati Soni1.Raximjonov D., Ismatova N. va boshqalar. Davlat va din. – Toshkent, 201950ta2.Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent, 2014.50 ta 3.Sarah Philpot and Lesley Curnick, Headway, Academic Skills, Listening, Speaking, and Study Skills, LEVEL 2, Student’s Book, Oxford, 2011.20 ta 4.Sarah Philpot, Headway, Academic Skills, Reading, Writing, and Study Skills, L

Batafsil
Bag‘rikenglik haftaligi – o‘zaro ahillik ramzi
Yangiliklar

Bag‘rikenglik haftaligi – o‘zaro ahillik ramzi

Avval xabar berganimizdek, “16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab 15-22-noyabr kunlari “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” shiori ostida respublikamiz bo‘ylab “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.Joylarda viloyat hokimliklari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan milliy madaniy markazlar, islomiy va noislomiy diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostidagi davra suhbatlari, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ayni damda, ushbu haftalik doirasida Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida “O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda konsert dasturi, shuningdek, qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari asarlari ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham ushbu sana munosabati bilan ma’rifiy tadb

Batafsil
Yuksak taraqqiyotga millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta'minlash orqali yetish mumkin
Yangiliklar

Yuksak taraqqiyotga millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta'minlash orqali yetish mumkin

16-NOYABR – XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNIBMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon mazkur sana butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari uchun umumiy uy hisoblanadi. Mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Chuqur o‘ylangan milliy va diniy siyosat tufayli O‘zbekiston bugun butun dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglik namunalarini o‘zida mujassam etgan davlat sifatida namuna bo‘lmoqda. Yurtimizning bu ko‘p asrlik tajribasi o‘zbek millatiga xos bag‘rikenglik xususiyatlari Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun andoza bo‘lib xizmat qilyapti.2019-yildan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana O‘zbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanadi. Bu yil ham ushbu an’ana davom etib, “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida “Bag‘rikengli

Batafsil
Seminar mavzulari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi
Yangiliklar

Seminar mavzulari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun seminar-trening darslari tashkil etilyapti.Navbatdagi mahorat darsi “Me’moriy obidalar epigrafikasi” hamda “Diniy ramzlarning mazmun-mohiyati va talqin qilinishi” mavzulariga bag‘ishlandi.Seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, sharqshunos, manbashunos olim Komiljon Rahimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Elyor Alimqulovlar tomonidan o‘tkazildi. Seminarda yurtimiz va xorijdagi me’moriy obidalar, ularning uyg‘un va farqli jihatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, “ramz” tushunchasi va turlari, diniy ramzlarning kelib chiqishi va ularning rivojlanishi haqida b

Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari onlayn seminarda ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchilari onlayn seminarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan “Going Global Partnership” (“Oliy ta’lim sohasida islohotlar”) dasturining bir qismi bo‘lgan “Change Academy” loyihasi doirasida 2021/2022-o‘quv yili uchun onlayn seminarlar tashkil etildi. Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ibrohim Usmonov hamda “Chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Onlayn trening maqsadi — respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, salohiyatini oshirish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish, pedagogik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, Britaniya universitetlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Shuningdek, qatnashchilarga “Change Academy” dasturining maqsad va vazifalari haqida ma’lum

Batafsil
Yoshlar kamolotida hamkorlik muhim
Yangiliklar

Yoshlar kamolotida hamkorlik muhim

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi xodim va o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Akademiyada tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.Uchrashuvni Akademiya rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlarga oid davlat siyosatida ham tarixiy va olamshumul o‘zgarishlar bo‘layotgani, o‘g‘il-qizlarning bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.Xususan, yoshlarning il

Batafsil
Ko'rinish