Akademiyada I xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Shu bois, mamlakatimizda yoshlar siyosatiga davlat darajasida e’tibor qaratilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga keng e’tibor berilmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yigit-qizlardagi bor imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish davlatimiz oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi.Davlatimiz rahbarining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda 2021-yil Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan bandlar ijrosini ta’minlash zamonaviy jamiyatda yoshlarning rolini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar tashkilotining 72-sessiyasida Yoshlar huquqlarini ta’minla
Batafsil
Akademiya rektori magistrlar bilan muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor va yoshlar o‘rtasida muloqot, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Avvalroq, bakalavr bosqichida tahsil olayotgan yigit-qizlar bilan “Rektor va talabalar” mavzusida muloqot o‘tkazilgan bo‘lsa, navbatdagi uchrashuvda Akademiyaning magistratura bosqichi talabalari qatnashdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.Uchrashuvni Akademiya rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani, ularni bilim olish, tadbirkorlik, kasb-hunar egallashlari uchun tizimli islohotlar amalga os
Batafsil
1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Har yili 1-dekabr anʼanaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi.OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. Kasallik epidemiyasi boshlangandan buyon dunyoda 75 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan xastalangan. Shudan ham koʻrinib turibdiki, OIV va OITSga qarshi butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim.Infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda. Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi.Soʻnggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yoʻl bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat mamlakatimizda ham kuzatilib, 2021-yilning 10 oyi davomida roʻyxatga olingan bemorlarning 74 foizdan ortigʻiga xastalik shu yoʻl bilan yuqqani gumon qilingan.Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tiz
Batafsil
Dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli o‘tdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda “Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarining moturidiya ta’limoti rivojida tutgan o‘rni” mavzusida Toshkent islom instituti Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi mudiri, tadqiqotchi Soatmurot Primovning 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi doirasida islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. Dissertatsiyaning “XI-XII аsrlarda moturidiya ta’limoti rivojini tadqiq etishning nazariy asoslari”, “Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarida moturidiya ta’limotining aks etishi” va “Tamhid” asarining zamonaviy aqidaviy masalalar yechimidagi ahamiyati” kabi boblarida mavzu to‘laqonli tarzda ochib berilgan.Shu kunning o‘zida “Imom Buxoriyning “a
Batafsil
Imom-xatiblar uchun Malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2021-yil 29-noyabr kunidan respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar/tuman Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlari mazmun-mohiyatini, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasidan kelib chiqib, sohada amalga oshirilayotgan insonparvarlik va tinchlikparvarlik g‘oyalarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda jamiyat a’zolari o‘rtasida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikeng
Batafsil
Akademiya Kengashida dolzarb masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, dekanlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda mehmonlar ishtirok etdi.Majlisni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Ma’lumki, har oy o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Shunga ko‘ra, bu galgi anjumanda ham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi reytingini Milliy va xalqaro miqyosda ko‘tarish, talabalar o‘rtasida darslar sifati bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlili hamda 2020-2021 o‘quv yilida akademiyani bitirgan yosh mutaxassis
BatafsilBUGUN TUGʻILGAN KUN – ZOHIDJON ISLOMOV
Bugun 28-noyabr – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov tavallud topgan kun.Zohidjon Islomov 1956-yil 28-noyabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan.Ilm-ma’rifat hukm surgan, farzandlar baxt-iqbolini hayotdagi ustuvor maqsadi deb bilgan oilada o‘sib-ulg‘aygan Zohidjon Islomov maktabni oltin medal bilan, a’lo baholarga tamomlab, 1974-1979-yillarda Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetida tahsil oladi va oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatadi. Zohidjon Islomov mehnat faoliyatini 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshlaydi. Shundan so‘ng 1982-1985-yillarda Iroq Arab Respublikasida tarjimon, 1985-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Hamid
Batafsil
Navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan seminar-trening darslari tashkil etilgan. Bugun navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.Seminarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Habibullo Soliyev “Kitobat ilmi tarixi: o‘tmish, bugun, kelajak” hamda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Masharib Abdullayeva “O‘rta Osiyo davlatlarining gilamdo‘zlik san’ati” mavzularida olib borishdi.Seminarda ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosi, dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissasi, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim jihatlar, olib borilayotgan dolzarb tadqiqotlar, yozma manbalarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot berildi.Shuni
Batafsil
Akademiyada “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, yurtimizda gender tengligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta’minlash, balki, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyat sanaladi. Qolaversa, gender tenglik – mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, tan olish kerakki, so‘nggi besh yilda bu boradagi ishlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.Buning samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeyida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermo
Batafsil
Akademiyada “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining ilk tinglovchilari taqdirlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimiz aholisining diniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari tashkil etilgandi. Ayni paytda mazkur mashg‘ulotlarning ilk tinglovchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ibrohim Usmonov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir Ne’matov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, aholining diniy savodxon
Batafsil
Diniy bag‘rikenglik – xalq diplomatiyasining poydevori
Globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi taraqqiy etgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlikda yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida mehnat qilib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diniy bag‘rikenglik – xalq diplomatiyasining poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tashkil
Batafsil
Talabalar “LEADERS’ UNION” klubining ilk sessiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “LEADERS’ UNION” klubining dastlabki sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan mazkur klub faol yoshlarni birlashtirgan loyiha hisoblanadi.Sessiyada talabalar mazkur klubning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, ushbu tadbirga mehmon sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. “LEADERS’ UNION” klubining navbatdagi sessiyasini o‘tkazish sanasi va boshqa tashkiliy masalalari kelishib olindi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil