O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar!Avvalo, siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qutlug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Butun dunyo qatori yurtimizda ham davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli bu yil ham Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda o‘tkazishning, afsuski, imkoni bo‘lmayapti. Lekin bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bag‘ishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari, mahallalarda shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.Muhtaram do‘stlar!Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, biz bundan besh yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasini

Batafsil
Bosh imom-xatiblar uchun Shayx Alijon qori Haydarovdan mahorat darsi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun Shayx Alijon qori Haydarovdan mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman Bosh imom-xatiblari uchun 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Malaka oshirish o‘quvlari uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, o‘quvlarning 7-kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, Shayx Alijon qori Haydarov tomonidan “Qiroat ilmi” mavzusida dars mashg‘uloti olib borildi. Unda tinglovchilarga qiroat ilmi, uning lahjalari, turlari, darajalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, imom-xatiblarning ibodat va marosimlarda Qur’on qiroatiga e’tibor berishi lozim bo‘lgan o‘rinlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.O‘quv mashg‘ulotlari davomida bosh imom-xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va

Batafsil
Inson qadri – uning fundamental huquq va erkinliklari ta’minlanishidir
Yangiliklar

Inson qadri – uning fundamental huquq va erkinliklari ta’minlanishidir

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun Davlatimiz rahbari inson qadri haqida so‘z yuritar ekan, bu biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas, deb alohida ta’kidladi. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz.Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz, deya qayd etildi.Buning amaliy ifodasi sifatida islohotlarning tub mohiyati jamiyatimiz a’zolari uchun hech kimdan kam bo‘lmagan munosib turmush tarzini yaratishga qaratilmoqda.O‘zbekistonimizning asosiy qonuni bo‘lmish Konstitutsiyaning 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqati

Batafsil
Hududiy trenerlarning saylov jarayonidagi mehnati munosib taqdirlandi
Yangiliklar

Hududiy trenerlarning saylov jarayonidagi mehnati munosib taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Prezident saylovini o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslarida faol qatnashgan respublika trenerlari va monitoring guruhi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan biriktirilgan katta o‘qituvchilar — Usmonxo‘ja Sodiqov, Mo‘minjon Xo‘jayev, O‘ktam Shakarov, O‘ktam Jiyanov hamda tayanch doktorant Boburmirzo Botirov ishtirok etdi.Toshkent shahrining 147 nafar malakali treneriga Markaziy saylov komissiyasining faxriy yorlig‘i topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan MSK Raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni milliy saylov qonunchiligimiz hamda umume’tirof etilgan xalq

Batafsil
Akademiya rektori nufuzli anjumanda ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Akademiya rektori nufuzli anjumanda ishtirok etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Joriy yilning 6-9-dekabr kunlari Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida 49 ta davlat ishtirokida ICESCO Ijroiya Kengashining 42-sessiyasi hamda Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonov yurtimiz delegatsiyasi a’zolari sifatida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatlarining Misr Arab Respublikasiga qilgan xizmat safa

Batafsil
Akademiya rektori Qohirada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi
Yangiliklar

Akademiya rektori Qohirada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

Shu kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonovlar Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrifning ilk kuni yurtimiz delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Misr Arab Respublikasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.“O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirni O‘zbekistonning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mansurbek Qilichev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, talabalarni yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Bosh

Batafsil
Konstitutsiya – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot kafolati
Yangiliklar

Konstitutsiya – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot kafolati

Konstitutsiya, eng avvalo, har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligining rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzining huquqiy asoslarini belgilab beradigan asosiy qonun hisoblanadi.Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimizning inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligini ifoda etib, milliy davlatchiligimiz rivoji, demokratiya, ijtimoiy adolat va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalariga asoslangan insonparvar, huquqiy davlat barpo etishning mustahkam yoʻlini belgilab berdi. Bosh Qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili taʼminlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratdi.Mustaqil diyorning mustaqilligini yorqin

Batafsil
Akademiya professori Buxoro davlat universitetida mahorat darslarini o‘tdi
Yangiliklar

Akademiya professori Buxoro davlat universitetida mahorat darslarini o‘tdi

Har bir soha rivojida o‘zaro tajriba almashish, malakali, yetuk kadrlarni tarbiyalashda hamkorlik aloqalari muhim. Shu bois bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida nafaqat mahalliy, balki dunyoning nufuzli mamlakatlaridagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, malakali pedagoglari ham yoshlarga zamonaviy ilm-fan sirlaridan saboq bermoqda. Mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bugungi kunda 140 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy eng ilg‘or professor hamda o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, Akademiya o‘qituvchilarining boshqa ta’lim muassasalarida ham mahorat dars, uchrashuvlari muntazam o‘tkazib turilishi an’anaga aylangan.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori, misrlik olim, doktor Ubayd Muhammad Buxoro davlat universiteti

Batafsil
Jamiyat taraqqiyoti, millat farovonligi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilim olishi bilan bog‘liq
Yangiliklar

Jamiyat taraqqiyoti, millat farovonligi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilim olishi bilan bog‘liq

UCHINCHI RENESSANS POYDEVORIFarzand kamoloti, uning baxt-u saodati va yorug‘ istiqboli hamisha xalqimizning oliy orzusi bo‘lgan. Shu ma’noda, Prezidentimizning Uchinchi Renessans davriga tamal toshini qo‘yish borasidagi tashabbuslari xalqimiz orzu-umidlari timsoli sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugun uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlar diniy-ma’rifiy sohaga uyg‘un-hamohang tarzda olib borilmoqda. Zotan, ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz bebaho merosini o‘rganish, shu asosda yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda taraqqiyot kafolati bo‘lishi shubhasiz. Bu borada davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni alohida ahamiyat kasb etadi.Dunyoda

Batafsil
Akademiyaga Turkiyaning nufuzli universiteti vakillari tashrif buyurdi
Yangiliklar

Akademiyaga Turkiyaning nufuzli universiteti vakillari tashrif buyurdi

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurgan Turkiyaning Kutahya Dumlupinar universiteti vakillari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘lishdi.Tashrif davomida Turkiyaning Kutahya Dumlupinar universiteti rektori Kazim Uysal hamda universitet qoshidagi institut direktori professor Shoxmurod Arik O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrohim Usmonov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Bahromjon Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov kutib oldi.Uchrashuvda Zohidjon Islomov so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida barcha sohalarda

Batafsil
Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman Bosh imom-xatiblari uchun 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda, deb xabar bermoqda markaz vakillari.Malaka oshirish o‘quvlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq, malaka oshirish o‘quvlarining beshinchi kunida tinglovchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligida bo‘lishdi. Tinglovchilar vakillik faoliyati va diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, Toshkent shahrida joylashgan masjidlar faoliyati va ularni obodonlashtirish masalalari bilan yaqindan tanishdi.Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz himoyasi va manfaatiga qaratilgan qutlug‘ qadam
Yangiliklar

Jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz himoyasi va manfaatiga qaratilgan qutlug‘ qadam

3-DEKABR — XALQARO NOGIRONLAR KUNIOramizda shunday insonlar borki, jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, ma’naviyati yuksak, ruhiyati kuchli, o‘zi matonatli. Hozir nogironligi bo‘lgan shaxslar soni jahon miqyosida taxminan 1 milliard nafarni tashkil etadi. Achinarlisi, ularning 100 milliondan ortig‘i bolalardir. Keyingi yillarda yurtimizda bu toifadagilarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda.Prezidentimiz shu yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzish taklifini bildirdi va O‘zbekistonda alohida ehtiyojga ega shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining xalqaro tashabb

Batafsil
Ko'rinish