O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Salim al-Malik: Al-Xorazmiy qo‘yib bergan poydevor bugun muhtasham majmuaga aylandi
Yangiliklar

Salim al-Malik: Al-Xorazmiy qo‘yib bergan poydevor bugun muhtasham majmuaga aylandi

Qohira shahrida ICESCO tashkilotining XIV Bosh konferensiyasida so‘zga chiqqan ICESCO tashkiloti Bosh kotibi Salim al-Malik raqamli texnologiyalar, kosmik tadqiqotlar rivojida yurtimiz allomalari, xususan, Al-Xorazmiyning beqiyos hissasi borligini alohida e’tirof etdi.Tashkilotning XIV Bosh konferensiyasida Bosh kotib Salim al-Malik o‘z nutqida “Bugungi raqamli texnologiyalar rivoji, ayniqsa, fazo ilmlari, kosmik tadqiqotlar taraqqiyoti uchun insoniyat, eng avvalo, Al-Xorazmiyga ta’zim qilishi kerak. Zero, VIII-IX asrda yashagan qomusiy alloma Al-Xorazmiy bobomizning ilm-fandagi kashfiyotlari va u kishi qo‘ygan mustahkam poydevor bugungi kunga kelib, muhtasham majmuaga aylandi”, deya qayd etdi.Shu bilan birga konferensiyaning ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy janoblari ham ishtirok etib, o‘z nutqida “Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ilm olish uchu

Batafsil
Akademiya rektori ICESCOning XIV Bosh konferensiyasida nutq so‘zladi
Yangiliklar

Akademiya rektori ICESCOning XIV Bosh konferensiyasida nutq so‘zladi

Xabaringiz bor, Qohira shahrida ICESCO tashkilotining XIV Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi.Nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov nutq so‘zladi.Akademiya rektori o‘z nutqida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimiga katta ahamiyat qaratilayotganligini ta’kidladi. Innovatsion texnologiyalar, axborot texnologiyalari, koinotni o‘rganish, sun’iy intellekt kabi ilm-fanning zamonaviy yo‘nalishlarida ham ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilayotganini alohida e’tirof etdi. Buning uchun respublikamizning barcha hududlarida eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan IT parklar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tashkil etilganini qayd etdi.Bundan tashqari, ma’ruzada O‘zbekiston xalqaro islom ak

Batafsil
Akademiya vakillari Dog‘istonda o‘tkazilgan kitob taqdimotida qatnashdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari Dog‘istonda o‘tkazilgan kitob taqdimotida qatnashdi

Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining muftiysi Shayx Ahmad Afandi tomonidan yozilgan “Yaxshilar axloqi” (“Благонравие праведников”) nomli o‘zbek tilidagi kitobining onlayn tarzda taqdimoti o‘tkazildi.Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat va din ishlari bo‘yicha vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Dog‘iston hukumati vakillari, diniy-ma’rifiy tashkilot va oliy o‘quv yurtlari hamda ularda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.Shuningdek, videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha vakillari, ta’lim muassasalari jamoalari, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari qatnashdi.Tadbirda so‘z olganlar ushbu kitob nafaqat soha mutaxass

Batafsil
10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni
Yangiliklar

10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni

1948-yil 10-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasidagi rezolyutsiyaga binoan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.1950-yili BMT tomonidan ushbu kunni Inson huquqlari kuni sifatida nishonlash belgilandi. Deklaratsiya insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, hujjat shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.Mazkur xalqaro hujjat har bir insonning shaxsiy daxlsizligi, mulk, e’tiqod va so‘z erkinligini, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila, mehnat va dam olish, ta’lim, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va san’at asarlaridan bahra olish huquqlarini himoya qiladi. O‘zA

Batafsil
Vatanimizning asl ta’rifi
Yangiliklar

Vatanimizning asl ta’rifi

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunQatrada quyosh aks etganidek, jonajon O‘zbekistonimizning asl sifati, rostmana ta’rif-u tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon. Madhiyamizga oid qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan, ushbu mukammal badiiy asar O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli san’at arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnat-u mashaqqat bilan yaratilgan. Madhiyamiz haqida hamyurtlarimizning fikrlarini keltirishni joiz bildik.O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Mustafo Bafoyevning fikricha, ustoz bastakor M.Burhonovning “Ko‘ngil xazinasi” kitobida O‘zbekiston davlat madhiyasining yaratilishi haqida shunday deyiladi: “Vatan tuyg‘usi, Vatan madhiyasi... Bu tushunchalar mushtarak, bir-biroviga uyg‘unlashib ketgan. Vatanni madh etish, uni ulug‘lash har bir inson qalbidan o‘rin olishi kerak... O‘z

Batafsil
Salim al-Malik: O‘zbekiston — eng tartibli a’zo davlatlar qatorida
Yangiliklar

Salim al-Malik: O‘zbekiston — eng tartibli a’zo davlatlar qatorida

Ayni paytda Qohira shahrida Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti ICESCOning XIV Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.60 dan ortiq davlat delegatsiyasi orasida O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etmoqda.Nufuzli tadbirda turli davlat delegatsiya a’zolarining tashkilot tomonidan belgilangan chora-tadbirlari, sohalarni yanada rivojlantirish borasidagi hisoboti hamda kelgusidagi reja va takliflari ko‘rib chiqildi. Unda ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik so‘zga chiqib, tashkilotga a’zo davlatlarning ishlarini tahlil qilar ekan, eng tartibli a’zo davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasini ham e’tirof etib o‘tdi.Bundan tashqari, ICESCO tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish

Batafsil
Konstitutsiyamizga hozirgi kunga qadar nechа marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan?
Yangiliklar

Konstitutsiyamizga hozirgi kunga qadar nechа marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan?

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 16-marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Xususan:— 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan soʻzlar “deputatlardan” degan soʻz bilan almashtirildi;— 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;— 2007-yil 11-apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;— 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;— 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-modda

Batafsil
ICESCO tashkilotining XIV Bosh konferensiyasi boshlandi
Yangiliklar

ICESCO tashkilotining XIV Bosh konferensiyasi boshlandi

Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti (ICESCO)ning XIV Bosh konferensiyasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tashkilotga a’zo 60 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etayotgan nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov yurtimiz delegatsiyasi rahbari sifatida qatnashdi.Ta’kidlash joiz, tashkilot 1979-yilda tashkil topgan bo‘lib, bosh qarorgohi Marokash davlati poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash, madaniyatlar, xalqlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida O‘zbekiston Respublikasining o‘rni b

Batafsil
Ochiqlik va shaffoflik - korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi
Yangiliklar

Ochiqlik va shaffoflik - korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda “Aksilkorrupsiya haftaligi” davom etmoqda.Haftalik doirasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.- Adliya vazirligi tizimida ochiqlik va shaffoflik - korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida tamoyili asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi Adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev. - Davlat organlari faoliyati to‘g‘risida fuqarolarga ochiq bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari, davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish tartibi aks etgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2022-yilda mazkur qonun xalqaro

Batafsil
8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”  munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining  BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, aziz talabalar!O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mustaqil davlatimiz asosi, yurtimiz taraqqiyoti kafolatidir. Zero, Bosh Qomusimizning Birinchi bo‘lim Asosiy prinsiplar I bob, 1-moddasida “O‘zbekiston — suveren demokratik respublika” deb qat’iy belgilanib, mustaqil demokratik jamiyat barpo etish, ozod va erkin hayot qurishning qonuniy asosi ifodalangan. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan barcha yurtdoshimiz qatorida Siz aziz professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalar hamda mutaxassis-xodimlarni chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.Hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Bugungi kunda o‘z taraqqiyotining yangi bosqichida ishonch bilan dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekiston iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlari bilan dunyo hamja

Batafsil
Akademiya rektori “Al-Azhar” majmuasiga tashrif buyurdi
Yangiliklar

Akademiya rektori “Al-Azhar” majmuasiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, ayni paytda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrif davomida Akademiya rektori Muzaffar Komilovning “Al-Azhar” majmuasi rahbari o‘rinbosari, doktor Muhammad Abdurahmon Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda doktor Saloma Dovud, majmua xodimlari hamda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda Muzaffar Komilov yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, islohotlarga to‘xtalib o‘tarkan, O‘zbekiston va Misr tarixan madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yo‘nalishlarda hamfikr, do‘stona munosabatda hamkorlik qilib kelganini qayd etdi. Quvonarlisi, bugungi kunda ham O‘zbekiston va Misr aloqalari tom ma’noda

Batafsil
Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 182 nafar shaxsni afv etdi
Yangiliklar

Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 182 nafar shaxsni afv etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdigʻi sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 182 nafar shaxs afv etildi.Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 108 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 8 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo b

Batafsil
Ko'rinish