O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar/tuman Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Malaka oshirish o‘quvlari uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, o‘quvlarning 7-kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar Bosh imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalar: muammo va yechimlar” mavzusida dars mashg‘uloti olib borildi. Unda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati, soha xodimlari oldida turgan vazifalar, diniy soha xodimlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va ularning yechimlari borasidagi masalalar ochib berildi. O‘quv mashg‘ulot davomida Bosh

Batafsil
Vengriyalik olimlar bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Yangiliklar

Vengriyalik olimlar bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vengriya Etosh Loran universiteti Turkiyshunoslik instituti bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda institut direktori, professor Benedek Peri “Alisher Navoiy asarlarining turkiy xalqlar tomonidan qabul qilinishi (manbashunoslik tahlili)” mavzusida ma’ruza qildi.Tadbir ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Malika Nosirova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar qatnashdi.Onlayn mashg‘ulotda professor Benedek Peri Alisher Navoiy asarlarining saqlanayotgan qo‘lyozmalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, professor Alisher Navoiy qo‘lyozmalarinin

Batafsil
O‘zbekiston – Misr: ilm-ma’rifat yo‘lida aloqa ko‘prigi
Yangiliklar

O‘zbekiston – Misr: ilm-ma’rifat yo‘lida aloqa ko‘prigi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik ko‘p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug‘ bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma’rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg‘oniy Misrda yashab, o‘lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o‘lchaydigan “Miqyosi Nil” inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon hayoti va davlat taraqqiyotiga xizmat qilayotgani e’tiborlidir. Qohira shahrida, Nil bo‘yida Ahmad Farg‘oniy sharafiga o‘rnatilgan haykal xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlikning yorqin ramziga ham aylangan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ko‘p tomonlama aloqalar jadal rivojlanmoqda. Bu borada ikki davlat rahbarlari – Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Prezident Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan olib borilayotgan hamkorlik strategiyasi muhim o‘ri

Batafsil
Gender tenglikka bag‘ishlangan qo‘llanma bo‘yicha trening o‘tkazildi
Yangiliklar

Gender tenglikka bag‘ishlangan qo‘llanma bo‘yicha trening o‘tkazildi

Jamiyat hayotining turli sohalarida gender tenglikni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining muhim jarayoni hisoblanadi. So‘nggi yillarda yurtimizda bu jihatga alohida e’tibor berilmoqda. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Tarixda ilk bor milliy parlamentimizda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham gender tenglikni ta’minlash masalasida ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Jumladan, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmaning ishlab chiqilgani buning yorqin misolidir.Mazkur kitob Jamg‘armaning “Islomda gend

Batafsil
Bosh imom-xatiblar uchun Shayx Alijon qori Haydarovdan navbatdagi mahorat darsi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun Shayx Alijon qori Haydarovdan navbatdagi mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman Bosh imom-xatiblari uchun malaka oshirish o‘quvlarining 2-bosqichi davom etmoqda.2021-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori Shayx Alijon qori Haydarov bilan tinglovchilar uchun “Qiroat ilmi” mavzusida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Unda tinglovchilarga qiroat turlari va imomlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, imom-xatiblarning ibodat va marosimlarda Qur’on qiroatiga e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlariga alohida e’tibor qaratdi.O‘quv mashg‘ulot davomida bosh-imom xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga munosib ilmiy asoslantirilgan javob olishdi. Sohaning yetakchi vakillari o‘quv ma

Batafsil
Akademiya prorektori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya prorektori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Boshqirdistondagi Rossiya islom universitetida “Islom va ta’lim” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum doirasida “XXI asr ta’lim tizimida islom ideallari va qadriyatlari” mavzusida XIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Onlayn formatda tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Mamadiyev ishtirok etib, ma’ruza qildi.Konferensiya “Yevroosiyo makonida islom ta’limining shakllanishi va hozirgi holati”, “Xorijiy davlatlarning islom va diniy ta’lim sohasidagi zamonaviy tajribasi”, “MDH mamlakatlarida diniy ta’limni rivojlantirish istiqbollari”, “Millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda diniy ta’limning o‘rni” kabi yo‘nalishlarda ish olib borib, unda islom ta’limi bilan bog‘liq qator masalalar haqida so‘z bordi.Anjumanda Bahrom Mamadi

Batafsil
Hamkorlikning yangi bosqichi
Yangiliklar

Hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima, professor Fariza Sham boshchiligidagi Islom sivilizatsiyasi instituti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari ishtirok etdi.Onlayn platforma orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Fariza Sham mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga minnatdorlik bildirdi. Bir qator yo‘nalishlarda Akademiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarini ilgari s

Batafsil
Akademiyaga Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor tayinlandi
Yangiliklar

Akademiyaga Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor tayinlandi

TAYINLOV!Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya rahbariyati va jamoasi, diniy-ma’rifiy soha vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari rahbar hamda xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Jasur Najmiddinov qatnashdi.Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining 2021-yil 11-dekabrdagi 214-K-sonli buyrug‘iga muvofiq, Maxsudov Davronbek Rustamovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimiga 2021-yil 11-dekabrdan tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.S

Batafsil
Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlarining 2-bosqichi boshlandi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlarining 2-bosqichi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar-tuman Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Unda 116 nafar bosh imom-xatib ishtirok etmoqda.Mazkur o‘quvlarning dastlabki kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi mas’ul xodimi Abror Muxtor Aliy tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalar: muammo va yechimlar”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosa

Batafsil
Toshkent shahar hokimligi Akademiya o‘qituvchilarini taqdirladi
Yangiliklar

Toshkent shahar hokimligi Akademiya o‘qituvchilarini taqdirladi

Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, axborot kommunikatsiya sohalaridagi o‘zgarishlar, turli mafkuralar to‘qnashuvi keskin tus olmoqda. Bunday vaziyatda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, joriy yil mobaynida Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxt aholisini qadimiy boy tariximizdan boxabar qilish, ona-Vatanimizga bo‘lgan muhabbat, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida soha mutaxassislari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.Mazkur tadbirlarda ishtirok etgan ekspertlar yurtdoshlarimizga hayotiy misollar, turli ibratli hikoyatlar orqali o‘z fikr-mulohazalarini yetkazishdi. Uchrashuvlarda milliy o‘zligimiz, asriy

Batafsil
Soha rahbarlari malaka oshirish o‘quvlari ishtirokchilari bilan uchrashdi
Yangiliklar

Soha rahbarlari malaka oshirish o‘quvlari ishtirokchilari bilan uchrashdi

Shu yilning 29-noyabr kunidan 11-dekabrga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar vakillari hamda tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.Mashg‘ulotlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb etildi.Shuningdek, rejaga muvofiq, imom-xatiblarning Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylar, muqaddas qad

Batafsil
Muzaffar Komilov: “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi ICESCOning dunyodagi eng namunali va faol kafedrasi bo‘ladi
Yangiliklar

Muzaffar Komilov: “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi ICESCOning dunyodagi eng namunali va faol kafedrasi bo‘ladi

Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti ICESCOning XIV Bosh konferensiyasi yakunlandi.Mazkur anjumandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Samimiy muloqot davomida Muzaffar Komilov ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malikni anjumanning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdi. Uchrashuvda Akademiya rektori O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borayotgan “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi samarali faoliyat yuritib, yoshlarning chuqur bilim olishida muhim ahamiyat kasb etayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, Akademiyadagi mazkur kafedra ICESCO tashkiloti t

Batafsil
Ko'rinish