O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish Yangiliklar

Sen millat g‘ururisan — ona tilim

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuniO‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab ona tili rivoji, uni xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sofligini saqlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida “Sen millat g‘ururisan — ona tilim” mavzusida tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.Davlat madhiyamiz bilan boshlangan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.

Yangiliklar
Sen millat g‘ururisan — ona tilim

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab ona tili rivoji, uni xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sofligini saqlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida “Sen millat g‘ururisan — ona tilim” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Davlat madhiyamiz bilan boshlangan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi. 

Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy chiqishlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Ona tilimiz jozibaligini ko‘rsatuvchi she’r va g‘azallar aytildi, sahna ko‘rinishlarida o‘quvchi-yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan chuqur ehtiromi namoyon bo‘ldi.

Mazmunli o‘tgan tadbir yakunida sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

Ko'rinish