“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazildi
BMT Bosh assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, Oʻzbekistonda nishonlash ham yaxshi anʼanaga aylangan. 2019-yildan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana Oʻzbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib “Bagʻrikenglik haftaligi” boʻlib oʻtadi. 7 kun davomida haftalik doirasida Xalqaro press-klub sessiyasi, davra suhbatlari, konferensiyalar, fotokoʻrgazma va boshqa madaniy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar oʻtkaziladi. Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yoʻnalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirishdir.Oʻzbekiston bugun butun dunyo mamlakatlari uchun bagʻrikenglik namunalarini oʻzida mujassam etgan davlat sifatida