Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Insoniyat tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Feruz Xolmo‘minov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya prorektori Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgani, ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirganini ta’kidladi. Shu