Malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan edi. “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi 36 soatlik mazkur o‘quvlarning birinchi davrasi yakunlandi.Mashg‘ulotlarning uchinchi kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi Bektosh Berdiyev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi