Millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami
Bugun yurtimizda 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 33 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Aytish joizki, so‘nggi yillarda ona tilimiz mavqei va maqomini yuksaltirish borasidagi ishlar mutlaqo yangicha bosqichga ko‘tarildi.Mamlakatimizda har yili mazkur sana munosabati bilan turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusidagi tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tantanali marosimda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayramni Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Zohidjon Islomov o‘z nutqida tilimiz rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tdi. Ona tilimiz nufuzi va mav