Xalqaro psixologlar kuni mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, “Yosh psixologlar” klubi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. Yakunda “Yosh psixologlar” klubi a’zolariga sertifikatlar topshirildi.Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan marosim yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.O‘zb