“HOKIMNING SOXTA “JIYANI” QAMALDI” SARLAVHASIDA EFIRGA UZATILGAN AXBOROTGA RADDIYA
2022-yil 25-avgust soat 21.00da “Sevimli” nodavlat telekanalining “Zamon” axborot dasturi orqali “Hokimning soxta “jiyani” qamaldi” sarlavhasida efirga uzatilgan xabarda quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.Ma’lumki, jurnalist har bir axborotni ommaga e’lon qilinishidan oldin ma’lumotlarning haqqoniyligi va xolisligiga muhim e’tibor qaratishi talab etiladi. Zotan, ma’lumotdagi kichik xatolik ham jamiyatdan axborot manbasiga nisbatan xato fikr yoki munosabatning shakllanishiga turtki bo‘lishi mumkin.Afsuslanarlisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudi raisi Abdusattor Abdurazzoqov ham sudlanuvchining nufuzli oliy ta’lim muassasasi talabaligi haqidagi og‘zaki ma’lumotini tekshirib ko‘rmagan. Binobarin, yuridik qoidaga asosan sudlanuvchining ma’lumotiga aniqlik kiritish uchun sud O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga So‘rovnoma yuborishi shart edi.Shunga ko‘ra, “Zamon” informatsion