O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Qurbon hayiti — mehr-muruvvat, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va shu saodatli kunlarga shukronalik ayyomi. Shu bois mazkur bayramning mo‘min-musulmonlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu fursatdan foydalanib, xalqimizni, qolaversa, Siz azizlarni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Azizlar!Ma’lumki, bugungi kunda olis-yaqin hududlarda butun dunyoni tashvishga solayotgan xavf-xatarlar, turli g‘arazli maqsadlardagi kurashlar avj olmoqda. Ayrim diyorlarda kunora yuz berayotgan noxush voqea-hodisalar barchamizni tashvishga soladi, albatta. Yurtimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida nafaqat mamlakatimiz, balki barcha mintaqa diyorlarida tinchlik, hamjihatlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha muntazam qayg‘urib kelinayotgani xalqaro miqyosda ham tan ol