Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Kamilov tashabbusi bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi.Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rek
Batafsil
Dinshunoslikning dolzarb muammolari muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan 18-marotaba tashkil etilayotgan “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Dinshunoslik” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni asosiy maqsad etib belgilagan.Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi,
Batafsil
Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi. Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat
Batafsil
Yoshlar – bugunimiz va ertamizni hal qiluvchi katta kuch
Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazilib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.Bugun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Zokirjon Ro‘ziyev, Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekan
Batafsil
Amir Temur – buyuk siymo
Umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega boʻlgan buyuk Sohibqiron Amir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati, adolatparvarligi, bunyodkorligi mujassam. Zero, Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.Ma’lumki, har yili Amir Temur tavallud topgan sana yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo‘ylab ulug‘ sarkarda tavalludining yubiley 690 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham mazkur sana munosabati bilan “Amir Temur – buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birnchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar a
Batafsil
Bitiruvchidan – professional kadr sari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan “Bitiruvchidan – professional kadr sari!” shiori ostida “Workshop” amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini topish uchun sharoit yaratish hamda oliy ta’lim va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.Uchrashuvda Prezidentimizning yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi qarorlari ijrosi hamda jamiyatda din sohasini tushunadigan psixolog mutaxassislarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj alohida e’tirof qilindi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi, Toshkent shahar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi
Batafsil
Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!
Kuni kecha barchamiz muqaddas dinimizning eng go‘zal bayrami – Muborak Ramazon hayiti hamda butun olamni nurga, go‘zallikka to‘ldirgan sharqona yangi yil – Navro‘zi olamni yuqori kayfiyat, o‘zgacha shukuh ila nishonladik. Bugun bahorni sog‘ingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda.Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.Yurtimizda inson qadrini ulug‘lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navro‘z umumxalq bayrami ham o‘ziga xos yuksak ma’naviy tayanch sanaladi.Ayniqsa, bugun dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi t
Batafsil
Yuksak tafakkurli va ilm-ma’rifatli yoshlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
Ma’lumki, har qanday davlatning eng katta boyligi va eng buyuk kuchi bu uning yoshlaridir. Hech bir millat yoki davlatda yoshlarsiz rivojlanish va o‘sish bo‘lmaydi, mamlakat taraqqiyoti esa yoshlar qo’lidadir.Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlarning muammolari va takliflarini bevosita tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mart oyining har payshanba kuni fakultetlar kesimida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.Bugun mazkur loyiha doirasida
Batafsil
Yurtimizda hamkor tashkilotlar bilan dolzarb mavzudagi seminar o‘z ishini boshladi
Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda, keyingi yillarda yurtimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.Shu bois, bugun poytaxtimizdagi “Panorams” mehmonxonasida “O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda islom dini qadriyatlarining o‘rni” mavzusidagi uch kunga mo‘ljallangan yuqori darajali muloqot hamda ilmiy seminar boshlandi.Mazkur tadbir BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akad
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar! Qadrli talaba-yoshlar! Kechagina barchamiz muqaddas dinimizning eng go‘zal bayrami – Muborak Ramazon hayitini yuqori kayfiyat, o‘zgacha shukuh ila nishonladik. Parvardigori olamdan yurtga tinchlik, totuvlik, barokat so‘rab, millionlab qo‘llar duoga ochildi.“Tinch elga bayram yarashadi” deganlaridek, bugun Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Kurrayi zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat, muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelayotir.Shu o‘rinda Prezidentimizning Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriklaridagi quyidagi jumlani keltirishni joiz topdim: “Yurtimizda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir bo‘lib, shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda. Mana
Batafsil
Rahbariyat va talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mart oyining har payshanba kunida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.Bugun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Irgash Daminov, Olim Astanakulov, Sal
BatafsilOʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum muhtaram ustozlar!Aziz talaba-yoshlar!Sizlarni butun islom ummati uchun ulugʻ va fayzli ayyom – qalblar poklanishi, maʼnaviy kamolot va insonparvarlik gʻoyalari ulugʻlanadigan muborak Ramazon hayiti bilan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasi va shaxsan oʻz nomimdan chin yurakdan qutlayman.Ramazon oyi – sabr-toqat, bagʻrikenglik, ezgulik va hamjihatlik timsoli boʻlib, u insonni nafs tarbiyasi, yuksak maʼnaviyat hamda komillik sari chorlaydi. Muborak hayit ayyomi esa ana shu ulugʻ qadriyatlarni yanada mustahkamlab, jamiyatimizda tinchlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat muhitini kuchaytiradi.Bu borada davlatimiz rahbarining Ramazon hayiti munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan tabriklarida aytilganidek, “Jahondagi hozirgi g‘oyat murakkab vaziyatda oila va mahallalarda, butun mamlakatimizda osoyishtalik, fayz-u baraka muhitini saqlash, yoshlarimizni yot va buz
Batafsil