Kafedra API ID: 1
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Batirova Nilufar Sherkulovna
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi mudiri Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
A.Xudoyarov
О‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi. “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi “ kafedrasi professori
Batafsil
Z.Sodikov
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Batafsil
G.Gulyamova
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Batafsil
G.Umarova
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
M.Soxibova
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Batafsil
M.Toshpulatova
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Batafsil
S.Mamurov
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
B.Esonboyev
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajyo‘r-o‘qituvchisi
Batafsil“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 22-iyundagi 466-son Qaroriga binoan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tarkibida 2018-yil 3-avgustda tashkil etilgan.
Kafedrada 12 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ularning 5 nafari fan doktori, 5 nafari fan nomzodi, 1 nafari katta oʻqituvchi va 1 nafari oʻqituvchilardan iborat.
Hozirda kafedraga Nilufar Batirova rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra professor-oʻqituvchilari orasida uzoq yillik ilmiy-pedagogik va amaliy tajribalarga ega boʻlgan, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtagan mutaxassislar ham mavjud.
Kafedra professor-oʻqituvchilaridan i.f.d., professor N.Toʻxliyev jahonda 1000 likka kiruvchi Sankt-Peterburg univesiteti (Rossiya Federatsiyasi)da nomzodlik dissertatsiyasini, A.Isadjanov Moskva Aviatsiya Instituti (Rossiya Federatsiyasi) da nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Professor O.Astanakulov AQSH (Texas A&M universiteti), Chexiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Koreya, Xitoy, Turkiya kabi mamlakatlarda stajirovka oʻtagan, .
Kafedra dotsenti N.Botirova Hindiston, Malayziya, Rossiya, Misr, Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlarda malaka oshirgan hamda Islom Hamkorlik Tashkiloti, Islom Taraqqiyot Banki kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan dasturlarda ishtirok etgan.
Kafedrada 2022-2023 oʻquv yilida 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy shakllarda va 3 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kunduzgi shaklda kadrlar tayyorlanmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
– 61010400 – Turizm (ziyorat turizmi);
– 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari boʻyicha);
– 60411100 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
– 60411900 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha).
Magistratura mutaxassisliklari:
– 70411201 – Menejment (Ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish);
– 70411902 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha);
– 70411101 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi.