Kafedra API ID: 3
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Raxmanov Qurbon Sodikovich
“Zamonaviy axborot-kommunilkatsiya texnologiyalari kafedrasi mudiri” texnika fanlari nomsodi, dotsent
Batafsil
Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich
Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti PhD
Batafsil
Nigmatov Xikmatulla
F.I.SH.: Nigmatov Xikmatulla Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professori Ilmiy darajasi: texnika fanlari doktori Ilmiy unvoni: professor Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Axborot havfsizligi, kompyuter kriminalistik
Batafsil
Jumayev Turdali Saminjonovich
Jumayev Turdali Saminjonovich “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti PhD
Batafsil
Berdimurodov Mansur Alisherovich
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsent v.b. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich
DADAMUHAMEDOV ALIMJON IRGASHEVICH Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi
Batafsil
Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
FAYZIYEVA MAXBUBAXON RAXIMJONOVNA Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi professori
Batafsil
Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich
Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti PhD
Batafsil
Axmedova Xolisxon Ilxomovna
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
Xaitova Aziza Ro‘zimamatovna
XAITOVA AZIZA RO‘ZIMAMATOVNA Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi
Batafsil
Xodjayeva Mavluda Sobirovna
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Batafsil“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi haqida
“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi Toshkent islom universiteti rektorining 2001-yil 28-avgustdagi 01-29-son buyrugʻiga muvofiq, “Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlim jarayonini rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilib kelgan.
2004-yil 2-oktyabrdan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat yurita boshladi. Ushbu davrda kafedra “Informatika va axborot texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshirdi.
2018-yil 3-avgustdan eʼtiboran kafedra faoliyati yanada kengaytirilib, unga “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi nomi berildi. Hozirgi kunda kafedra zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va axborot xavfsizligi yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanib, ikki bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda bitta magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirib kelmoqda..


Bakalavr:
5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari;
5220400 - Axborot xavfsizligini boshqarish;
60610400 - Axborot xavfsizligini boshqarish;
60610500 – Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»);
60610200 - Axborot xavfsizligi
Sirtqi:
60610400 - Axborot xavfsizligini boshqarish;
60610200 - Axborot xavfsizligi
Masofaviy:
60610500- Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)
Magistratura:
70610202 - Axborot xavfsizligi
Kafedrada tahsil olayotgan talabalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishi uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Bitiruvchilar turli korxona va tashkilotlarda kompyuter tizimlari va tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va mahalliylashtirish, axborot tizimlarini joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Shuningdek, ular dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi, dasturchi-muhandis, servis va texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi, axborot xavfsizligi bo‘yicha tahlilchi, kiberxavfsizlik mutaxassisi, mobil ilovalar va veb-dasturlar yaratuvchisi, IT-loyihalar menejeri hamda IT-tadbirkor sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar axborot xizmatlari va matbuot xizmatlarida raqamli dizayn, multimedia mahsulotlarini yaratish, kontent ishlab chiqish hamda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘nalishlarida ham muvaffaqiyatli mehnat qilish salohiyatiga ega bo‘ladilar. Kafedra bitiruvchilari davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar, Phd, katta oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan Akademiya boʻyicha quyidagi fanlardan maʼruza, amaliyot va laboratoriya mashgʻulotlari olib boriladi:
Dasturlash va dasturiy injiniring
- Dasturlash 1,2
- Python tilida dasturlash
- Java dasturlash tili;
- Kotlin dasturlash tili;
- Web dasturlashga kirish;
- Pythonda web dasturlash
- Algoritmlarni loyihalash
- Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Kiberxavfsizlik
- Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish
- Kiberxavfsizlik asoslari
- Ethical Hacking (Madaniyatli xakkerlik)
- Kiberxavfsizlik siyosati
- Kiberxavfsizlik jarayonlari va texnologiyalari
- Kompyuter kriminalistikasi
- Kriptografiya va kriptoanaliz usullari I
- Kriptografiya va kriptoanaliz usullari II
- Axborot uzatish tizimi va tarmoqlari xavfsizligi
- Ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi
Tarmoq va tizim administratsiyasi
- Serverlar boshqaruvi
- Operatsion tizimlar va ularning xavfsizligi
- Bulutli texnologiyalar
Multimedia va raqamli media:
- Kompyuter animatsiyasi
- Multimedia injiniringi
- Kompyuter grafikasi va web-dizayn
- Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi
- Raqamli media va veb texnologiyalar
- Internetda media loyihalar
Internet texnologiyalari va PR:
- Internet va PR
- Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar
Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar:
- Sun’iy intellekt asoslari
- Raqamli texnologiyalar va innovatsiya
- Raqamli axborot texnologiyalari
- Axborot texnologiyalarini sohada qo‘llash
Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini izchil rivojlantirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida faol faoliyat olib bormoqdalar. Ular respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar hamda davra suhbatlarida muntazam ishtirok etib, o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Shuningdek, hamkor oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat hamda nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda turli mavzulardagi ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar va malaka oshirish tadbirlari tashkil etilmoqda.



2018–2026-yillar davomida kafedra ilmiy salohiyatining samaradorligi professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, mazkur davr mobaynida 30 ta monografiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 160 dan ortiq ilmiy maqola, 40 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 45 ta o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Bundan tashqari, respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 130 dan ziyod maqolalar chop etilgan bo‘lib, ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy injiniring, raqamli ta’lim va kiberxavfsizlik sohalaridagi dolzarb ilmiy muammolarni yoritishga bag‘ishlangan.


Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof etilmoqda. Jumladan, Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 32 dan ortiq, shuningdek, xorijiy ilmiy jurnallarda 200 ga yaqin maqolalar chop etilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar kafedraning xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuv darajasi va ilmiy tadqiqotlar sifatining yuqori ekanligini tasdiqlaydi.

Innovatsion faoliyat yo‘nalishida ham salmoqli natijalarga erishilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalarning hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlari natijasida 55 dan ortiq dasturiy mahsulotlar yaratilgan bo‘lib, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari dasturlari sifatida mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar olingan. Mazkur natijalar kafedrada ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va amaliy dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha mustahkam ilmiy maktab shakllanganligini hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish borasida samarali ishlar olib borilayotganligini ko‘rsatadi.








Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan estudy.iiau.uz – masoifaviy ta’lim portal, acm.iiau.uz – dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim va my.iiau.uz - professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalari va faoliyatini o‘rganish mezonlari ko‘rsatkichlari axborot tizimini qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.
Kafedrada talabalarning mutaxassislik boʻyicha bilimini yanada oshirish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Ular:
- Zamonaviy dasturlash tillari;
- Kompyuter grafikasi va dizayn;
- Noinformatik yo‘nalish talabalari uchun kompyuter savodxonligi”;
- Robototexnika;
Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va hamkor tashkilotlar soni oshib bormoqda:
- Kiberxavfsizlik markazi DM;
- “Fido Biznes” kompaniyasi;
- “O‘zbektelekom” AK;
- UZINFOCOM MCHJ;
- O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
- O‘zstandart agentligi;
- Xalq banki ATB;
- Hamkorbank ATB;
- Turonbank ATB;
- AT Aloqabank;
- O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
- “Simplex Service Group” MCHJ;
- “Data Site Technology” MCHJ;
- “INTER VIEW” MCHJ.
- O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasining Axborot ta’minoti bo‘limi;
- “Devops” MCHJ;
- “Oson” to‘lov tizimi va boshqalar.