Xalqaro munosabatlar
Xalqaro munosabatlar
Xalqaro munosabatlar kafedrasi 2018-yil avgust oyida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra mamlakatimiz va xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.
Kafedrada "Xalqaro munosabatlar" va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr hamda magistrlar tayyorlanadi. Ta’lim jarayonida xalqaro munosabatlar nazariyasi, jahon siyosati, diplomatiya, xalqaro tashkilotlar, xalqaro huquq, mintaqaviy tadqiqotlar, mutaxassislikning boshqa yo‘nalishlariga oid fanlar o‘qitiladi.
O‘quv dasturlari talabalarda xalqaro siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot olib borish, analitik fikrlash, tahliliy ma’lumotnomalar va rasmiy hujjatlar tayyorlash hamda amaliy qarorlar ishlab chiqish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Kafedra bitiruvchilari o'zbek va rus tillari bilan bir qatorda kamida bitta Sharq va bitta G‘arb tilini egallagan, xalqaro maydonda samarali faoliyat yurita oladigan malakali mutaxassislar sifatida tayyorlanadi.
Kafedrada fan doktorlari (DSc), falsafa doktorlari (PhD), professorlar, dotsentlar, malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Kafedraning ilmiy salohiyati 100 foiz. Shuningdek, dars jarayonlariga sohaning yetakchi amaliyotchi mutaxassislari ham jalb etiladi. Professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanadi, respublika va xorijdagi yetakchi ilmiy-ta’lim markazlarida malaka oshirib boradi hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etadi.
Kafedra ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda raqobatbardosh, yuksak kasbiy va ma’naviy fazilatlarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.