Kafedra API ID: 9
Dinshunoslik va jahon dinlari tarixini qiyosiy o‘rganish UNESCO
API orqali
Professor-o'qituvchilar
l.Alijonova
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi mudiri v.b. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Abdullayeva Mohira Zaxidjanovna
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Batafsil
Abdupattayev Mumin Mirzo Murodjon o'g'li
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi dotsenti v.b. tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Burgutxonov
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi o‘qituvchisi
Batafsil
Nizomiddinov
Filologiya va tarix fanlari doktori, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori,
Batafsil
Nosorova Aziza Rustamovna
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish UNESCO kafedrasi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Turambetov Nurilla
F.I.SH.: Turambetov Nurilla Keunimjaevich Ish joyi: “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ilmiy darajasi: - Ilmiy unvoni: - Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: dinshunoslik, dunyo dinlari tarixi, davlat va
Batafsil
Turdiyeva Dilafruz Maxmudjanovna
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi dotsenti tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Batafsil
Urazova Ra'no Tashpulatovna
Batafsil
Xudayberganova Gulnora Nasirovna
Batafsil“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi 2000-yilning 14-16-sentyabr kunlari UNESCOning Toshkent islom universitetida bo‘lib o‘tgan “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” xalqaro kongressi doirasida tashkil etilgan. Uning ochilishida UNESCO Bosh direktori Koichiro Masuura ishtirok etgan. Hozirda «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO» kafedrasi dunyo bo‘ylab tashkil etilgan 950 ta “UNITWIN/UNESCO Chairs” dasturiga kiruvchi kafedralardan biri hisoblanadi.
Kafedra bakalavriat va magistratura bosqichlarida dinshunoslik bo‘yicha diniy va dunyoviy bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar orasida diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, ularni dunyo dinlari tarixi va ta’limoti bilan yaqindan tanishtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘rgatish, xorijiy universitetlarning turdosh kafedralari bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha pedagogik va ilmiy faoliyat olib boradilar.
Kafedra tarkibi o‘n yetti nafar pedagog xodimlardan iborat bo‘lib, shundan 1 bir nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.
Kafedra mudiri tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Odil Ernazarov.
KAFEDRA TOMONIDAN TAYYORLANAYOTGAN KADRLAR IXTISOSLIGI:
60220100 — “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi
70220102 —“ Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi
KAFEDRANING O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA FAOLIYATI:
Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqdalar. Hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari va treninglar o‘tkazilmoqda. An’anaviy tarzda har yilning aprel oyida respublika miqyosida «Dinshunoslikning dolzarb muammolari», 16-noyabrda esa «Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilmoqda.
2023-yil davomida kafedra a’zolari tomonidan 3 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma 14 ta monografiya hamda risola, Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 150 ga yaqin maqola va tezislar chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslar to‘liq zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanilgan holda olib borilmoqda.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
- Dinshunoslik
- Qiyosiy dinshunoslik
- Jahon dinshunosligi
- Sharq musulmon dinshunosligi
- Sharq va G‘arb dinshunosligiga oid tadqiqotlar tahlili
- Ibtidoiy dinlar va mifologiya
- Dunyo dinlari tarixi
- Din antropologiyasi
- Diniy manbalarni qiyosiy o'rganish
- Diniy an'ana va marosimlar
- Diniy an’ana va marosimlarni qiyosiy tadqiq etish metodologiyasi
- Diniy bag'rikenglik madaniyati
- Din va kibermakon
- Din va axloqiy madaniyat
- Davlat va din munosabatlari
- Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
- Ekstremizm profilaktikasi va deradikalizatsiya masalalari
- Yangi diniy harakatlar va destruktiv sektalar
- Dinlarning zamonaviy sinkretlashuvi va transformatsiyasi
Bog‘lanish uchun telefon: 71-244-96-53
Elektron pochta manzili: unescochaircomparativereligion@gmail.com
Linkedin manzili: https://www.linkedin.com/in/unesco-chair-in-comparative-study-of-world-religions-526145284/