O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Kafedra API ID: 11

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA

API orqali

Professor-o'qituvchilar

Xatamov Toxir Abdumutalovich

Xatamov Toxir Abdumutalovich

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi dotsenti Tarix fanlari nomzodi

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 14 ish
Batafsil
G‘aybullayev Saidahmadxon Samatxonovich (2)

G‘aybullayev Saidahmadxon Samatxonovich (2)

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasiga dotsenti Islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 10 ish
Batafsil
Ganiyev Avazbek Oybekovich

Ganiyev Avazbek Oybekovich

Islom tarixi va manbashunosligi -IRCICA kafedrasi dotsenti Islomshunoslik fanlari bo’yicha fan doktori

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 7 ish
Batafsil
Rasulov G‘ayrat Pardayevich

Rasulov G‘ayrat Pardayevich

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 14 ish
Batafsil
Tangirov Obid Eshmaxmatovich

Tangirov Obid Eshmaxmatovich

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 12 ish
Batafsil
J.J.Abduqodirov.Imidj

J.J.Abduqodirov.Imidj

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 5 ish
Batafsil
Maxmasobirova Feruza Uktam qizi

Maxmasobirova Feruza Uktam qizi

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 3 ish
Batafsil
Muxamedov Nematullo Asatullayevich

Muxamedov Nematullo Asatullayevich

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Tarix fanlari doktori (DSc)

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 23 ish
Batafsil
Nasrullayev Ne'matullo Xikmatullayevich

Nasrullayev Ne'matullo Xikmatullayevich

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Tarix fanlari doktori (DSc)

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 34 ish
Batafsil
Z.Zinatullayev

Z.Zinatullayev

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA 10 ish
Batafsil

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi

ISLOM TARIXI, SAN’ATI VA MADANIYaTI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI - IRCICA

“ISLOM TARIXI VA MANBAShUNOSLIGI ­­­­– IRCICA” KAFEDRASI PROSPEKTI

2019 yil 19 aprelda O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga xizmat safari mobaynida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyati ilmiy-tadqiqot markazi (Research Centre for Islamic History, Art and Culture - IRCICA) bilan Memorandum imzolandi.

Memorandum asosida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining  Islomshunoslik fakulteti tarkibidagi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi negizida “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” (“IRCICA Chair for Islamic History and Source Studies”) kafedrasi tashkil etilgan.

 

 

Bu kafedraning ochilishi boy tarixiy, ilmiy, moddiy-ma’naviy merosimizni saqlash va kelajak avlodga yetkazish, islom tarixi va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini o‘rganish, ular yozgan ilmiy asarlarini tadqiq etishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish va ularni talabalar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga yosh iqtidorli talabalarni jalb etgan holda ilmiy-tadqiqotlarni tizimli tashkil etishga erishiladi. Shuningdek, Sharq olimlarining bag‘rikenglik, tinchlik va ma’rifat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan  ilmiy merosini har tomonlama o‘rganish va ommalashtirish imkonini beradi.

KAFEDRANING ASOSIY MAQSADI, VAZIFALARI  VA YO‘NALIShLARI

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Islom tarixi, manbashunosligi va madaniyati sohasidagi ta’lim jarayoni, ilm-fan yo‘nalishidagi tadqiqot ishlari, loyihalar va dasturlarni o‘rganish, Islom tarixi, manbashunosligi, san’ati va madaniyatini yanada chuqur o‘rganishga qaratilgan yangi tizimli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish hamda yangi avlod o‘quv va ilmiy adabiyotlarini yaratishdan iboratdir. 

Shuningdek, IRCICAning salohiyatli va tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga jalb etish, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilarini qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish, stajirovkalar o‘tashi uchun IRCICAga yuborish, tashkil etiladigan konferensiya, simpozium, seminar-treninglarida mutaxassis va soha olimlari ishtirokini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarishdan iboratdir.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • Islom tarixi, madaniyati va manbashunosligini yoritishda diniy, tarixiy jarayonlarga ilmiy va tahliliy yondoshish hamda mavjud manbalarni ilmiy izlanishlar asosida tahlil etish va to‘plangan materiallarni nashr etish,
  •  “Islom tarixi va manbashunosligi” bilim sohasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
  • kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Islom tarixi”, “Islom manbashunosligi” va “Islom madaniyati va san’ati” maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha talabalarga chuqurlashtirilgan ta’lim berish;
  • “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari” mavzusiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • islom tarixi, madaniyati va manbashunosligiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-amaliy loyihalarni bajarish, PhD, DcS dissertatsiyalar himoyasini amalga oshirish.

 

Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • Islom tarixi, madaniyati  va manbashunosligini tadqiq etish va o‘qitishga oid  xorijiy dasturlarni o‘rganib, yangi dasturlarni tayyorlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yozish va nashrdan chiqarish;
  • Islom tarixi, madaniyati va manbashunosligini tadqiq etishda IRCICA tajribasi asosida kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot yo‘nalishini belgilash;
  • IRCICA hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yangi avlod ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etish;
  • IRCICA doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalar, grantlar, tanlovlar va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;
  • kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishiga doir ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini reja asosida ilmiy anjumanlarda, ilmiy to‘plamlarda e’lon qilish;
  • talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish.

Kafedraning ilmiy faoliyati:

-  “Islom tarixi va manbashunosligi-IRCICA” kafedrasi faoliyatida tegishli mavzular bo‘yicha ilmiy-amaliy loyihalar amalga oshirish;

- Islom tarixi, manbashunosligi va madaniyati bo‘yicha manbashunoslik, madaniyatshunoslik, san’atshunoslik, etnografiya, numizmatika, toponimika va kalligrafiya sohalardagi loyiha va ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish;

  • O‘zbekiston va Turkiyada saqlanayotgan yurtimiz allomalarining nodir asarlarini ommalashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlarida faoliyat yuritish.

KAFEDRANING INNOVATSION KORPORATIV HAMKORLIGI

Kafedra xususiyatiga to‘g‘ri keladigan quyidagi tashkilotlar bilan shartnoma asosida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan: 

O‘zR FA Tarix instituti,  O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti,  O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti,  O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi,  Temuriylar davri tarixi muzeyi, O‘zR VM huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi; Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi; O‘zR Milliy arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqalar.

KAFEDRANING ILMIY SOHADA AMALGA OShIRGAN IShLARI

Ushbu kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Jumladan, 4 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchilar talaba va magistrantlarga ta’lim berib kelishmoqda.

Bundan tashqari kafedraga biriktirilgan 8 ta tayanch doktorant hamda 7 ta mustaqil izlanuvchi mavjud. Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning 9 nafari ilmiy unvonga ega.

Kafedra professor o‘qituvchilari rahbarligida iqtidorli talabalar ilmiy-jurnal va to‘plamlarda maqolalar nashr etishadi.

Kafedraning innovatsion hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan tashkilotlari soni 5 ta bo‘lib (FA institutlari va muzeylari), ular bilan hamkorlikda 40 ga yaqin bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ishlab chiqilgan hamda talabalarga ushbu mavzular berilgan.

Hozirgi kunda kafedra a’zolaridan J.Abduqodirov PhD bo‘yicha, T.Xatamov DCs bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kafedra a’zolarining 4 nafari (N.Muhamedov, A.Hasanov, S.Agzamxodjaev va A.Ganiev) ilmiy darajalar beruvchi kengash va seminarlar, ilmiy jurnallar tahrir hay’atlari a’zosidirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi 78-f-son farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 martdagi 122-son buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 11 martdagi 02-03/1530-sonli xatiga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro markazi–IRCIKA bilan hamkorlikda 2021 yil 14 oktyabrda “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi tashkil qilinib, ilmiy to‘plam nashrga tayyorlandi.

Ushbu to‘plamdan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi materiallari o‘rin olgan. To‘plamda xorij va respublikamizdagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar, islomshunos, dinshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixchi, san’at va madaniyat vakillari, shuningdek, yosh ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistr va bakalavrlarning ilmiy izlanishlari asosida yozilgan tezislar jamlangan.

 

 

 

Kafedra a’zolarining 3 nafari (N.Muhamedov, A.Hasanov, S.Agzamxodjaev) O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida 2022 yil davomida 24.00.01 - Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori  ilmiy darajasini olishga taqdim etilgan 10 dan ortiq dissertatsiya muhokamasi va himoyasi o‘tkazildi.  

Ko'rinish