Kafedra API ID: 10
Islomshunoslik va Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasi o‘rganish ICESCO kafedrasi mudiri Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
Batafsil
Ismoilov Mas'udxon Maxdiyevich
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti tarix fanlari nomzodi
Batafsil
Palvanov O'ktam Bazarbayevich
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD Palvanov Uktam Bazarbaevichga T A V S I F N O M A U.Palvanov 1984-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanid
Batafsil
Raximdjanov Durbek Abidjanovich
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, t.f.n., dots. Raximdjanov Durbek Abidjanovichga T A V S I F N O M A D.Raximdjanov 1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 19
Batafsil
Sagdiyev Xabibullo Yodgorovich
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD Sagdiyev Xabibullo Yodgorovichga T A V S I F N O M A X.Sagdiyev 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1992-1997-yillar
Batafsil
Sodikov Jurabek Sobirboyevich
“Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Torayev Nomonjon Nasibjonovich
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dotsenti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Batafsil
Umaraliyev Sherzodjon Abdulaxat o'g'li
TARJIMAI HOL Men, Umaraliyev Sherzodjon Abdulaxat o‘g‘li 1991-yil 16-sentyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida ziyoli oilasida tug‘ilganman. Maʼlumotim oliy, oilaliman, uch nafar farzandim bor. 2007-yil Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 34-umumtaʼ
Batafsil
Xakimova Nigora Alisherovna
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o’rganish ICESCO kafedrasi dotsenti islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
Yangiboev Adham Esanovich
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
Batafsil
Axmedov Burxoniddin Abduraxmonovich
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dotsenti Islomshunoslik fanlari bo`yicha falsafa doktori
Batafsil
Doniyor Muratov
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO kafedrasi dotsenti tarix fanlari nomzodi
Batafsil
Mustafayev Doston Shuxratovich
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish kafedrasi o‘qituvchisi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
Tuychiyeva N
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasi o‘rganish ICESCO kafedrasi dosenti Nilufar Tuychiyeva Mahsutjanovna
Batafsil
Ummataliyev Soxibjon XIkmatali o'gli
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasini tashkil etishdan maqsad – musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus bilimlarni berishdan iborat.
Ushbu maqsadda kafedrada ikkita asosiy ilmiy yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:
Birinchidan, ajdodlar merosi, ilmiy asarlari, qo‘lyozmalarini tadqiq etish, ular asosida o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish, risola, kitoblar yozish.
Ikkinchidan, musulmon jamiyatlaridagi ilm-fan, ta’lim va madaniyat tarixi, uning bugungi holati, istiqbollari, u yerdagi ilmiy va o‘quv muassasalari, ijtimoiy, ma’rifiy, madaniy, iqtisodiy hayot, ushbu mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollari kabilarni o‘rganish, ular bo‘yicha talabalarga fan va kurslar tashkil etish, tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, ilmiy va o‘quv nashrlari tayyorlashdan iborat.
Kafedraning tashkil etilishi. 2016-yil 18-19-oktabr kunlari Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi Toshkent shahrida “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” – shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, O‘zbekiston hayotida tarixiy voqea, ya’ni Toshkent islom universiteti tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – ICESCOning Maxsus kafedrasini tashkil etish haqidagi tashabbusni taqdim qildi. Maxsus kafedraning rasmiy jarayonini tashkil etish maqsadida delegasiya 2017-yilning 22-26-may kunlari Marokash davlatida bo‘ldi. 24-may kuni delegatsiyasi Rabot shahrida joylashgan ICESCO Bosh qarorgohida tashkilot Bosh direktori Abdulaziz bin Usmon at-Tuveyjriy bilan hamkorlik masalalari yuzasidan tegishli muzokaralar o‘tkazdi hamda O‘zbekistonda islomshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalasidagi O‘zbekiston rahbariyatining tashabbuslari haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha ICESCO Bosh direktori Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – ICESCOning “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” Maxsus kafedrasini tashkil etish bo‘yicha anglashuv Memorandumi imzolandi.
2017-yil 26-avgust kuni Toshkent islom universitetida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan universitetda tashkil etilgan kafedraning ochilish marosimiga ICESCO Bosh direktori Abdulaziz Usmon at-Tuveyjriy ishtirok etdi.
Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashkil etilgach, Akademiyaning 2019-yil 25-iyul oyidagi 01439–sonli buyrug‘i asosida kafedra nomi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO”, deb nomlandi.
Bugungi kunda kafedrada 37 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 7 nafar fan doktori, shundan 5 nafari professor, 15 nafar fan nomzodi, shundan 7 nafari dosent, 5 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilardan iborat. Kafedra tarkibida uzoq yillik pedagogik tajribaga ega professorlar hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida doktorlik dissertasiyalarini PhD darajasida himoya qilgan va faoliyat yuritgan falsafa doktorlari, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda.
Кafedraning ilmiy salohiyati 59% ni tashkil etadi.
Kafedrada bakalavriat yo‘nalishida 18 ta, magistratura mutaxassisligida 33 ta, jami 51 ta islomshunoslikka oid fanlar o‘qitiladi. Shundan 7 ta fan xorijiy tilda (arab, ingliz) olib boriladi.
Kafedrada 1 nafar doktorant (DSc) va 24 nafar tayanch doktorant (PhD) ilmiy tadqiqot ustida ish olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-2020-o‘quv yili mobaynida 7 ta darslik, 7 ta monografiya, 11 ta risola, 14 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 45 ta maqola (OAK ro‘yxatida), 18 ta xorijiy maqola va 31 ta tezis materiallari nashr etilgan. Shuningdek, 4 ta o‘quv qo‘llanmaga patent va mualliflik guvohnomasi olingan.
Kafedrada 2019-2020-o‘quv yilida 1 ta bakalavriat yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishi:
- 5160100 – Islomshunoslik (Hadisshunoslik, Qur'onshunoslik, Islom huquqi, Aqida va tasavvuf)
Мagistratura mutaxassisliklari:
- 5А160101 – Qur'onshunoslik
- 5А120302 – Тarix (Islom sivilizatsiyasi)
- 5А160102 – Hadisshunoslik
- 5А160103 – Islom huquqi
- 5А160104 – Аqida, kalom ilmi va aqidaviy ta'limotlar