“Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Saida Rametova ishtirok etdi. Samimiy muloqot davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarga qaratayotgan e’tibori, yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish haqida so‘z yuritishdi. Elimiz ardog‘idagi san’atkor Saida Rametova inson hayoti oiladan boshlanishi, bu yerda u shaxs sifatida shakllanishi, oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va ham jihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etishini qayd etdi.Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o‘lchovi sifatida baholanishi, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini ta’mi